So’nggi yangiliklar

16:53УEФА миллий терма жамоаларнинг Евро-2024 учун қайдномаларини кенгайтиради  0 16:25"Тоттенхэм" ҳимоячиси Европа чемпионатини ўтказиб юборади  0 16:21Ривожланиш Кубоги. Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Тожикистонга қарши таркиби маълум  3 15:59Манба: "Бавария" ва "Барса" қизиқиш билдирган Унаи Эмери "Астон Вилла" билан ҳамкорликни давом эттиради  3 15:31"Барселона" ярим ҳимоячиси мавсум охиригача сафдан чиқди  2 15:05Ироқ ОТЖ бош мураббийи: "Чорак финалда осон рақиб бўлмайди, бироқ энг муҳими, бор кучимизни ишга солиш"  4 14:59МЮ ва "Челси" собиқ футболчилари АПЛ Шон-шараф залига киритилди  1 14:30Ўзбекистон U-23 термасининг Вьетнамга қарши тахминий таркиби билан танишинг  11 14:15Саудия Арабистони ОТЖ бош мураббийи: "Икки йил аввалги мусобақада Вьетнамни ҳам, Ўзбекистонни ҳам мағлуб этганмиз. Эътиборингиз учун раҳмат"  25 13:59Рэтклифф Тухель билан музокаралар ўтказди  2 13:31"Бавария" форварди мавсум охирида жамоадан кетади  0 13:04Вьетнам футзал термаси бош мураббийи: "Ўзбекистон — турнир фаворити"  4 12:42Родриго "Реал"ни тарк этиш ниятида эмас  10 12:18Хосе Венансио Лопес: "Ярим финалга чиқиш учун Вьетнамга қарши учрашувда назоратни қўлга олишимиз талаб этилади"  13 12:01"Манчестер Сити" ярим ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  8

OCHL. "Paxtakor" - "Persepolis" o'yiniga oid qiziqarli malumotlar Yangiliklar

OCHL. "Paxtakor" - "Persepolis" o'yiniga oid qiziqarli malumotlar

Bugun Osiyo chempionlar ligasining 1/4 final bahslari bo'lib o'tadi.

"Paxtakor" chorak final o'yinida Eronning "Persepolis" klubiga qarshi bahs olib boradi. Quyida mazkur to'qnashuvga oid bazi malumotlarni keltirib o'tamiz.

- Bungacha "Paxtakor" "Persepolis"ga qarshi uch marta maydonga tushib, birontasida ham yutqazmagan: ikkita g'alaba va 1 durang. Jamoalar o'rtasidagi ilk to'qnashuv 2003 yil Toshkentda ro'y bergan va bunda maydon egalari Anvar Solievning yagona goli evaziga 1:0 hisobida zafar quchishgan.

- Keyingi ikkita bahs o'tgan yil ro'y berdi va "Paxtakor" o'z maydonida 1:0 hisobida g'alaba qozonib, safarda 1:1 natijasini qayd etdi.

- "Paxtakor"ga qarshi 3 bor maydonga tushgan "Persepolis" "sherlar" darvozasiga atigi 1 bor to'p kiritgan.

- OCHL pley-off bosqichlarida Eron klublari O'zbekiston jamoalariga qarshi shu paytgacha 4 marta o'yin o'tkazgan. Va shundan bittasida fors klubi keyingi bosqichga yo'l olgan. Bu voqea 2011 yilgi musobaqa 1/8 finalida "Sepaxon" - "Bunyodkor" bahsida ro'y bergan.

- Bu "Persepolis" uchun uchinchi chorak final bo'ladi. SHuningdek, Eronning boshqa bir klubi "Sepaxon" ham bungacha uch marta chorak finlda to'p tepgan.

- "Paxtakor" ham o'z tarixida uchinchi marta chorak finalga chiqdi va bu borada "Bunyodkor"ga etib oldi. 

- Har ikki jamoa o'z darvozasi daxlsizligini 4tadan o'yinda saqlab qoldi va bu G'arb mintaqasi klublari orasidagi eng yaxshi ko'rsatkich bo'lib turibdi. "Persepolis" oxirgi beshta o'yinida o'z darvozasidan faqat bitta gol o'tkazgani ham etiborga molik.

- "Paxtakor"ning avvalgi bosqichda eng yaxshi o'yin ko'rsatgan futbolchisi Hojiakbar Alijonov bo'ldi.

- "Persepolis" safida dastlabki uch o'yinda faqat bitta gol urgan 72-raqamdagi Isa Al Kasir oxirgi ikkita bellashuvda 2 bor to'p kiritdi. Bu hujumchidan ham "Paxtakor"ning juda ehtiyot bo'lishi kerak bo'ladi. 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика