So’nggi yangiliklar

09:09«Пахтакор» ҳимоячини «Қўқон-1912» жамоасига ижарага берди  1 08:40«Арсенал» 50 миллионлик трансферни амалга оширишга яқин  2 08:09Биринчи даврани «Навбаҳор»да ўтказган яна бир футболчи «Металлург»га ўтишга яқин  14 07:38Санчо Европанинг ТОП клубига кўчиб ўтиши мумкин  1 01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  3 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  1 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  1 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  6 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  5 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  3 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  2 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  2 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  10

OCHL. 9 ta gol urilgan o'yinda "Paxtakor" "Al Taavon"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

OCHL. 9 ta gol urilgan o'yinda "Paxtakor" "Al Taavon"ni mag'lubiyatga uchratdi

Teglar :  PaxtakorAl Taavon
Osiyo CHempionlar ligasining 6-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Taavon" uchrashuvi yakunlandi.

"Paxtakor" - "Al Taavon" 5:4

Hakamlar: Ma Ning, SHi SHiang, Kao Yi (Xitoy), Yansen Fu (Singapur). 

Nazoratchi: Muhammad Juma (BAA). 

Komissar: Mindu Dorji (Butan).

Gollar: 0:1 - 14 Yazid, 1:1 - 24 Fayzullaev, 2:1 - 31 Turg'unboev, 3:1 - 33 Sobirxo'jaev, 3:2 - 51 Alnabit, 3:3 - 60 Alnabit, 4:3 - 78 Mirahmadov, 4:4 - 83 Alamri, 5:4 - 86 Ergashboev.

"Paxtakor" - 35.Quvvatov, 3.Alijonov, 88.Azmiddinov, 21.Xadjiev, 34.Sayfiev, 6.Aliboev, 27.Sobirxo'jaev, 42.Fayzullaev (28.Xolmatov, 69), 8. Turg'unboev (29.Yoqubov, 90), 18.Erkinov (36.Ergashboev, 79), 77.Mirahmadov.

Zaxira: 33.Suyunov, 11.Rashidov, 14.SHarkich. 16.Roziev,  32.Asqarov, 46.Jabborov, 63.O'rinboev.

"Al Taavon" - Albakr, Kana, Tariq Muhammad (Fahad Rashidi, 54), Sumayhan Alnabit, Muataz Albagavi, Kristian Luindama, Hassan Havsavi (Aloyayri, 68), Mustafo Abdella, Hassan Alamri (Faysal Mutairi, 84), Rayan Al Musa, Navaf Alsubhi.

Zaxira: Zulayfi, Navaf Sufyon, Rayan Jahoniy, Rakan Tulayhi, Holid Muntashiri, Basil Mehaves.

Ogohlantirishlar: Fayzullaev (16), Xadjiev (27), Azmiddinov (82), Farrux Sayfiev (82), Mirahmadov (85) - Alamri (36), Al Sabhi (72).


YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. "Paxtakor" guruhdagi so'nggi bahsni g'alaba bilan yakunladi, ammo bu natija ham ularga guruh bosqichidan chiqishga yordam berolmaydi.

90+2. O'zgarish: Turg'unboev o'rniga Yoqubov o'yinga qo'shildi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

Bular stol tennis o'ynashyaptimi nima balo? Bir unisi uradi, bir bunisi

86. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Ergashboev Xolmatovning burchakdan oshirgan to'pini bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi.

85. Mirahmadov raqibini yiqitgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

83. Alamri alamli gol urdi - 4:4.

82. Farrux Sayfiev ogohlantirildi. Penalti belgilandi.

79. "Paxtakor"da o'zgarish: Erkinov o'rniga Ergashboev maydonga tushdi.

78. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Mirahmadov Xolmatovning o'ng qanotdan oshirgan to'pini to'xtatmasdan darvozaga joylab qo'ydi. Aytdim-a, "Siti" - "Real"ni takror namoyish etib berishyapti.

75. Raqib futbolchisining zarbasi rekashet ko'rinish olib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

72. Maydon markazida katta tezlikda ketayotgan Turg'unboevni "chopishdi".

70. "Taavon" futbolchisi chap qanotdan kuchli zarba yo'llagandi, noaniq.

69. "Paxtakor"da o'zgarish: Fayzullaev o'rniga Xolmatov maydonga tushdi.

66. Turg'unboev qulay imkoniyatga ega chiqqandi, himoyachi so'nggi lahzalarda zarba yo'lini to'sishga ulgurdi.

65. Nabit sal qolsa, "sherlar"ning "tishini to'kib qo'yardi".

63. "Paxtakor" ketma-ket ikkita vaziyatni ko'kka sovurdi.

60. Ana kuydi! "Taavon" hisobni tenglashtirdi. Qanotdan uzatilgan to'pni Sumayhan Nabit darvozaga yo'lladi. "Siti" - "Real" o'yinini takrorlashmoqchimi bular.

58. Saudiyaliklar hisobni tenglashtirishiga bir bahya qoldi. Raqib futbolchisining bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi, aks holda kommentlar gurillardi.

57. Turg'unboevning uzatmasiga zarba berish uchun kamida jirafa bo'lish kerak.

56. "Paxtakor" zo'r kombinaciya tashkil etdi, yakuniy uzatma manzilga etib bormadi, burchak to'pi.

54. "Taavon"da o'zgarish: Tariq Muhammad o'rniga Fahad Rashidi maydonga tushdi.

53. Turg'unboevning finti o'z boshiga balo bo'ldi, hujum bartaraf etildi.

51. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! "Taavon" hisobni qisqartirdi. Sumayhan Alnabit Quvvatov bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi hamda uni ojiz qoldirdi.

49. Turg'unboev "gaz"ni qo'shib, bittasidan qochdi, ikkinchisdan qochdi, uchinchisiga kelganda spedometri ojizlik qildi.

47. Mirahmadov hujumda o'yin qoidasini buzdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha "Paxtakor" oldinda bormoqda. Bir ko'z yumib, ochguncha ikki golni raqib darvozasiga joylab qo'ydi. Ikkinchi bo'limda ham shunday o'yin kutib qolamiz.

45+1. Maydon markazida Turg'unboevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Uzatma ketadigan joyiga ketdi. Erkin zarba.

43. Aliboev jarima maydoni yaqinida raqib libosini tortib qoldi. Ehtiyot bo'lish kerak, yigitlar.

42. "Taavon" xavfli hujum tashkillashtirgandi, "Paxtakor" himoyachilari to'pni olib qo'yishdi.

40. "Taavon"ning o'ng qanotdan boshlagan hujumi besamar yakunlandi.

37. "Paxtakor" o'ng burchakdan jarima zarbasi tepish imokniyatiga ega bo'lgandi, standartdan so'ng burchak zarbasi ishlab olindi. biroq bu vaziyat ko'kka sovurildi.

35. Xavfli vaziyat! Erkinovning qanotdan uzatmasiga Fayzullaev zarba berdi, Albakrdan seyv!

33. Ehhehehe! GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLL!!! Darvozabonning qo'pol xatosidan so'ng Sobirxo'jaev chap oyoqda bo'sh darvozani nishonga oldi.

31. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Turg'unboev "Paxtakor"ni hisobda oldinga olib chiqdi! Mirahmadov darvozaga zarba yo'llaganda darvozabon va himoyachiga tegib, ustundan qaytgan to'pni Aziz bo'sh qolgan darvozaga kiritdi!

28. "Taavon" burchak zarbasini amalga oshirdi, ikkala urinish ham benaf chiqdi.2

27. Xodjaev hakam tomonidan ogohlantirildi.

27. "SHerlar" burchak zarbasini amalga oshirdi, vaziyatni raqib himoyachilari bartaraf etdi.

22. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Hisob tenglashdi!!! Markazdan Mirahmadov boshlagan hujumni Erkinov davom ettirdi, Fayzullaev esa o'ng oyoqda o'tkir burchakni nishonga olib, tarozi pallalarini joyiga qaytardi.

21. Tavamba maydon markazida tibbiy yordamga muhtoj.

20. "Paxtakor" himoyasida biroz palapartishlik yuzaga keldi.

18. Alijonov qanotga to'pni uzatishda xatoga yo'l qo'ydi, oqibatda xujum to'xtab qoldi.

14. GOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLL!!! CHap qanotdan oshirilgan to'pni Yazid Bakir to'xtatmasdan darvozaga joylab qo'ydi. CHiroyli gol, afsuski, "Paxtakor" darvozasiga.

13. Jarima zarbasidan oshirilgan to'p hech kimga tegmasdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

12. Sayfiev jarima maydoni yaqinida o'yin qoidasini buzdi. Raqiblarda xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin.

11. Alamri maydon markazida to'xtatib qolindi.

Paslar bo'yicha ko'rsatkich: 45-41

8. Alijonovga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. Jarima zarbasi esa muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

7. Alamri to'pni to'xtatishda xatoga yo'l qo'ydi, erkin zarba.

6. "Paxtakor" himoyachilari oddiy vaziyatda pas berishda xatolikka yo'l qo'ydi, natijada to'p raqiblarga nasib etdi.

3. Mirahmadovning zarba berishiga raqiblar yo'l qo'ymadi.

2. Dastlabki daqiqalarda "Taavon" to'pni nazorat qilmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Har ehtimolga qarshi yuragi bo'sh tomoshabinlarga qon bosimini meyorida ushlab turadigan tabletkalarni yoniga olib qo'yishini so'rab qolardik.

Ayni damda guruhdagi vaziyat quyidagicha ko'rinish olgan:

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Garchi biz uchun unchalik muhim bo'lmasa-da, "Paxtakor" jamoasidan so'nggi uchrashuvda muxlislari hurmati uchun g'alaba kutib qolamiz hamda birgalikda uchrashuvni tomosha qilamiz. Televizoringizda ehtimol ECHL yarim finalini tomosha qilayogandirsiz, shu bois "sherlar"ning o'yinini matnli tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика