OCHL. O'zbek murabbiylarining natijalari
21 apr 2016 02:15
Yangiliklar
OCHL. O'zbek murabbiylarining natijalari
"Paxtakor" - No'mon Hasanov.
No'mon Hasanov uchun bu mavsumdagi Osiyo chempionlar ligasidagi ishtirok murabbiy sifatidagi debyut hisoblanadi. Hozirga qadar No'mon Hasanov qo'l ostida "Paxtakor" ushbu musobaqada jami beshta o'yin o'tkazdi.
O'yin - 5
G'alaba - 2
Durang - 1
Mag'lubiyat - 2
To'plar nisbati: 7-9

"Lokomotiv" - Mirko Yelichich.
Mirko Yelichich uchun ham ushbu mavsum Osiyo chempionlar ligasidagi ilk ishtirok sanaladi. Hozirga qadar Yelichich qo'l ostida "Loko" mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.
O'yin - 5
G'alaba - 2
Durang - 3
Mag'lubiyat - 0
To'plar nisbati: 6-3

"Nasaf" - Ro'ziqul Berdiev.
"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqqul Berdievning bu galgi ishtiroki OCHLning
guruh bosqichidagi uchinchi yurishi sanaladi. "Nasaf" o'zining OCHLdagi ilk mavsumini ham Ro'ziqul Berdiev qo'l ostida o'tkazgandi. Berdiev boshchiligida "Nasaf" 2014
yilda Osiyo chempionlar ligasining pley-off bosqichidan guruh bosqichiga
o'ta olmagandi.
O'yin - 18
G'alaba - 3
Durang - 5
Mag'lubiyat - 10
To'plar nisbati: 14-29

"Bunyodkor" - Sergey Lushan.
Sergey Lushan ikki mavsumdan buyon "Bunyodkor" bilan OCHLda qatnashib kelmoqda. Hozirga qadar Lushan faqatgina pley-off o'yinlarida g'alaba qozonib, guruh bosqichiga yo'l olgan. Guruh bosqichida esa Lushan hali g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda.
O'yin - 13
G'alaba - 2
Durang - 3
Mag'lubiyat - 8
To'plar nisbati: 11-19
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar