OCHL. Navbat "Nasaf" va "Lokomotiv"ga
25 fev 2015 07:59
Yangiliklar
O'zbekistonning ikki klubi o'z ishtiroklarini ijobiy boshlashdi deyish mumkin. "Paxtakor" o'z maydonida 10 kishi bo'lib qolganiga qaramay Eron chempioni peshqadami "Naft Tehron" klubini mag'lub etdi - 2:1. "Bunyodkor" esa Saudiya Arabistonida "Al Nasr" bilan durang o'ynadi - 1:1.
Bugun yana ikki klubimiz musobaqadagi dastlabki o'yinlarini o'tkazishadi.
Qarshidagi "Markaziy" stadionda "Nasaf" klubi o'z muxlislari qarshisida Eronning "Traktorsozi" klubi qarshiligini engishga urinib ko'radi. Bu bahs soat 18:00da boshlanadi.
Vadim Abramov boshchiligidagi "Lokomotiv" esa Saudiya Arabistonida "Al Hilol" klubiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:30ga belgilangan.
Ikkala o'yin saytimiz orqali matnli translyaciya qilinadi. Bundan tashqari SPORT telekanali har ikkala bahsni jonli ravishda efirga uzatishni rejalashtirgan.

Fikrlar