So’nggi yangiliklar

22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  0 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  7 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  1 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  5 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  94 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  2 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  4 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3

OCHL. “Lokomotiv” ikkinchi bor “Al Nasr” bilan o'ynaydi Yangiliklar

OCHL. “Lokomotiv” ikkinchi bor “Al Nasr” bilan o'ynaydi

Teglar :  LokomotivAl Nasr
Bugun “Lokomotiv” safarda Dubayning “Al Nasr” klubiga qarshi bahs olib boradi.

Osiyo chempionlar ligasining 5-turidan o'rin olgan bahs har ikkala jamoa uchun muhim ahamiyatga ega. CHunki ikkala klub ham guruhdan chiqish uchun qulay imkoniyatga ega bo'lib turibdi.

Ayni paytda turnir jadvalida “Lokomotiv” 8 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Al Nasr” hisobida esa etti ochko mavjud va ular ikkinchi o'rinda borishmoqda. Bugungi bellashuv “Lokomotiv” uchun “Al Nasr”ga qarshi ikkinchi bahs bo'ladi. Malumot uchun, “Lokomotiv” 2013 yilning 9 fevral kuni safarda aynan shu jamoaga qarshi OCHL pley-off uchrashuvini o'tkazgan va 2:3 hisobida mag'lub bo'lgan.

O'sha o'yinda Viktor Karpenko bilan Akmal Xolmatov gol urishgandi. SHundan beri oradan vaqt o'tdi va tarkib ham o'zgardi. “Temiryo'lchilar” safiga yangi futbolchilar kelib qo'shilishdi. Statistikaga nazar tashlasak, 2013 yil “Al Nasr” bilan o'ynagan tarkibdan uch kishi Islom To'xtaxo'jaev, Sadriddin Abdullaev va Ivan Nagaev hozir ham “Loko” safida to'p tepib kelishmoqda.

STATISTIK MA'LUMOTLAR

Ana endi bevosita bugungi o'yin oldidan bazi malumotlarni keltirib o'tamiz.

– Qizig'i, bungacha ikkala jamoa ham guruhdan keyingi bosqichga chiqa olmagan. “Al Nasr” guruh o'yinlarida uchinchi marta, “Loko” esa ikkinchi bor ishtirok etmoqda.

– “Al Nasr” O'zbekiston klubiga qarshi faqat bir marta o'ynagan. O'sha biz yuqorida aytib o'tgan 2013 yil “Lokomotiv” bilan bo'lgan uchrashuv.

– “Al Nasr” OCHLdagi oxirgi uch o'yinida mag'lub bo'lmadi va bu bilan o'ziga xos rekord o'rnatdi.

– Braziliyalik Nilmar “Al Nasr”ning OCHLdagi eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. U “Al Ittihod” darvozasiga ikkita, “Sepaxon” darvozasiga bitta gol urdi.

– “Al Nasr” futbolchilaridan Nilmar, Ahmad Xamis va Jires Kembo-Ekoko, Masud Sulaymon va Mahmud Xamisda bittadan sariq kartochka bor. Bugungi bellashuvda shu o'yinchilardan kim sariq kartochka oladigan bo'lsa, Toshkentdagi bellashuvni o'tkazib yuboradi.

– “Al Nasr” o'z chempionatida qatorasiga beshta o'yindan beri g'alaba qozona olmay kelayotgandi. Faqat oxirgi turga kelibgina ular “Baniyas”ni 5:2 hisobida mag'lub etishdi. Jamoa turnir jadvalida 3-o'rinda boryapti va peshqadam “Al Ahli”dan 22 ochko ortda qolmoqda.

– “Lokomotiv” bugun g'alaba qozonsa, oxirgi tur oldidan keyingi bosqich masalasini hal qilgan bo'ladi.

– Xuddi “Al Nasr” kabi “Lokomotiv” ham Osiyo chempionlar ligasida BAA klubiga qarshi shu paytgacha faqat bir marta bahs olib borgan: 2013 yil, “Al Nasr” – “Lokomotiv” 3:2

– “Lokomotiv” o'tgan yil guruhda oxirgi o'rinni egallagandi. Bu yil esa jamoaning natijalari ancha yaxshi va mag'lubiyatsiz seriya davom etmoqda.

– “Lokomotiv” tarkibida Temurxo'ja Abduxoliqov bilan Sardor Mirzaev eng yaxshi to'purar bo'lib turishibdi. Har ikkalasi hisobida ham ikkitadan gol bor.

– Bugun bahsni Kaxi Maxaradze diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuboradi.

RASMIY MASHG'ULOT

Kecha “Lokomotiv” o'yin bo'ladigan “Al Maktum” stadionida o'yinoldi rasmiy mashg'ulotini o'tkazdi. Mashg'ulot OCHL reglamentiga binoan bir soat davom etdi.

Bugun mahalliy vaqt bilan 18:00da (Toshkent vaqti 19:00) “Al Nasr” – “Lokomotiv” bahsiga start beriladi. Bugun “Bunyodkor” Toshkentda o'yin o'tkazishi bois “Sport” TV orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatiladi. “Lokomotiv” ishtirokidagi uchrashuv esa 21:30dan boshlab yozib olingan holda namoyish etiladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика