OCHL kvotalarini taqsimlash tizimi o'zgardi yoxud keyingi yil bizga "2+2" beriladimi?
26 jan 2014 09:45
Yangiliklar

OCHL kvotalarini taqsimlash tizimi o'zgardi yoxud keyingi yil bizga "2+2" beriladimi?
OFK yangi mavsumdan boshlab davlatlarga kvota berish tizimini o'zgartiradi.
Bundan keyin klublar o'rtasidagi musobaqalarga MTJ va klublar reytingidan kelib chiqib qura tashlanadi. Yani MTJ reytingi 30 foiz, klublar reytingi esa 70 foiz ochkoni tashkil etadi.
Endi Osiyo milliy terma jamoalarining FIFA reytingidagi o'rni OCHL kvotalari soniga tasir qiladi.
Ushbu reytingda 1-24-o'rinlarni olgan davlat klublariga OCHLga to'g'ridan to'g'ri yo'llanma beriladi. 25-32 o'rinlarni egallaganlarga OFK Kubogi uchun yo'llanma beriladi. 33-47 o'rinlarda qolgan davlat klublari esa OFK Kubogi pley-offida qatnashadi.
Bu o'zgarishlar 2015 yildan kuchga kiradi.
OFKga yaqin manbalardan olingan xabarlarga ko'ra kelgusi yil O'zbekistonga 2+2 ko'rinishidagi o'rin berilishi kutilmoqda. Yani ikki klubimiz OCHL guruh bosqichida to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olsa, qolgan ikki klubimiz OCHL pley-off bosqichida ishtirok etadi. Hozircha bular tasdiqlanmagan malumotlar.
Eslatib o'tamiz, 2014 yilgi OCHL uchun O'zbekistonga 1+2 ko'rinishida o'rin berildi.

Fikrlar