So’nggi yangiliklar

00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  0 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  17 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  5 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  2 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  32 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  6 17:51Вальверде Ўзбекистон билан ўйинда қатнашмайдими?  0 17:24Фабио Каннаваро: "Шуни айта оламанки, мунидалдаги темп шунчаки даҳшатли" (матбуот анжумани)  64 17:16Ўзбекистонда ФИФАнинг Марказий Осиёдаги офиси иш бошлайди  3

OCHL. Koronavirus girdobiga tushib qolgan "Al Hilol" yaqinda faoliyatini tugatgan klub afsonasini futbolga qaytarmoqda Yangiliklar

OCHL. Koronavirus girdobiga tushib qolgan "Al Hilol" yaqinda faoliyatini tugatgan klub afsonasini futbolga qaytarmoqda

SHu kunlarda Qatar yashil maydonlarida OCHL-2020 G'arb mintaqasi o'yinlari markazlashgan holda o'tkazilmoqda.

"B" guruhidan o'rin olgan saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi Dohaga kelganidan beri koronavirus girdobiga tushib qolgan.

TEZKOR! “Al-Hilol”da koronavirus bilan bog'liq yangi holatlar aniqlandi, jamoa OCHLdagi ishtirokini yakunlashi mumkin

Riyodliklar delegaciyasidagilardan deyarli har kuni yangi kasallanganlar chiqmoqda. Reglamentga ko'ra, barcha jamoalar har 3-5 kunda Covid-19ga test topshirishi kerak, biroq hozirgi holat sabab "Hilol" vakillari har kuni test topshirishmoqda. Hozirga kelib OCHLning amaldagi chempionlari safida roppa-rosa 15 nafar o'yinchi koronavirus sabab karantinga olingan. Bundan tashqari, 10ga yaqin murabbiy va xodimlarda ham virus aniqlangan.

Breaking news. "Al Hilol" etakchilari Jovinko va Al Davsarida ham koronavirus aniqlandi

Kecha, 19 sentyabr kuni "Al Hilol"ning yoshlar jamoasi tarkibidan 2 nafar darvozabon va bir nafar o'yinchi asosiy jamoaga kelib qo'shilgan. Musobaqa protokoliga ko'ra o'yinlarni qoldirish mumkin emas, yani "Al Hilol" qanday tarkib bo'lsa ham o'ynaydi yoki BAAning "Al Vahda" klubi singari musobaqadan chetlashtiriladi.

Yuzaga kelgan juda ham murakkab vaziyat sabab riyodliklar yaqindagina professional faoliyatini yakunlagan klub afsonasi Muhammad Al SHlhubni futbolga qaytarmoqda. Klub 40 yoshli Al SHlhubdan katta futbolga qaytishni va CHempionlar ligasining qolgan o'yinlarida jamoaga yordam berishni so'rab uni Dohaga chaqirgan. Katta ehtimol bilan futbolchi bugun Dohaga etib keladi (balki etib kelgan bo'lishi ham mumkin). Avvalo, u Cocid-19ga test topshiradi, javobi chiqquncha mehmonxonadan chiqishga haqqi yo'q. Test javobi 6 soatgacha chiqadi, keyin u jamoa ixtiyorida bo'ladi. Agar Al SHalhub bugun "SHahr Xodro" bilan o'yinga ulgurmagan taqdirda keyingi bahsdan maydonga qaytadi.


Muhammad Al SHlhub "Al Hilol"ning eng katta afsonasi desak mubolag'a bo'lmaydi. U kichik bolakayligida klubga kelgan va butun professional faoliyatini ham aynan shu erda o'tkazgan. Muxlislar ham o'zlarining eng seviklilarini vaqtincha futbolga qaytishidan mamnun bo'lishlari aniq. Uning faoliyatini katta maqola qilib yozish mumkin. Faqat, hozir emas. Biroz keyinroq.

Klub matbuot xizmati Al SHlhub faoliyatini yakunlaganiga bag'ishlab bir qator ajoyib posterlarni tayyorlagandi. Mana o'sha posterlardan biri.


Ayni paytga kelib "Al Hilol"ning jami 15 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi. Bular:

Darvozabonlar: Muhammad Vakid, Abdulloh Al Jadani, Navaf Al G'amdi.

Himoyachilar: Muhammad Al Burayk, Yosir Al SHahroni, Abdulloh Al Hafiz, Muteb Al Mufarrij, Ali Al Bulayhi.

Yarim himoyachilar: Salmon Al Faraj, Hamad Alabdan, Navaf Al Obid, Salim Al Davsari.

Hujumchilar: Sebastyan Jovinko, Saloh SHehri, Bafetimbi Gomis.


Eslatib o'tamiz, "SHahr Xodro" - "Al Hilol" bahsi bugun mahalliy vaqt bilan 18:00 (Toshkent vaqti bilan 20:00)da start oladi. Bellashuv "Al Janub" stadionida bo'lib o'tadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика