So’nggi yangiliklar

02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  27 00:35Эмилиано Мартинес икки топ-клуб қизиқишлари доирасида  2 00:13"Атлетико" президенти 3-ўрин ҳақида: "Бу фалокат!"  9 23:45"Барселона" асосий трансфер мақсадини белгилаб олди  10 23:19Анге Постекоглу: "МЮ футболчиларининг бундай катта ўйинга қандай тайёрланишини билмаймиз"  1 22:55Родригога Англиядан харидор чиқди  2 22:31ОФК клублар рейтинги янгиланди. Ўзбекистон ўз ўрнида қолди  11 22:06"Барселона" ҳимоя етакчиларидан бири билан шартномани узайтирмоқчи  2 21:40"Милан"нинг ЕЧЛга чиқа олмагани клубга бир неча ўн миллион еврога тушади  5 21:14"Рома"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  6 20:48Португалия термаси Миллатлар Лигаси ярим финали учун қайдномасини эълон қилди  5 20:24Мавсумнинг энг яхши дарвозабонлари рейтинги тузилди. АПЛ ва Лига 1 вакиллари етакчилик етакчилик қилмоқда  0 20:02Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Хоразм ФА"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Цементчи"га техник мағлубият ёзилди  4 19:06Лига 1 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2 18:41Тошкентда ютган мураббий ва футболчи, мавсумдаги илк ғалабага эришган посбон, "Жар"да супергол урган футболчи — Суперлигада 10-турнинг энг яхшилари  2

OCHL. Kimning guruhi kuchli: "Lokomotiv"mi yoki "Paxtakor"? Yangiliklar

OCHL. Kimning guruhi kuchli: "Lokomotiv"mi yoki "Paxtakor"?

Osiyo CHempionlar Ligasidagi vakillarimiz "Lokomotiv" va "Paxtakor" jamoalarining guruhlaridagi raqiblariga nazar solamiz.

O'zbekiston chempioni "Lokomotiv" bu gal "B" guruhida BAAning "Al Vahda", Qatarning "Ar Rayyan" hamda Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" jamoalari bilan tushgan.

"Lokomotiv"ning guruhdagi raqiblarining hozirgi holatiga etibor qaratadigan bo'lsak, birinchi turdagi raqibi bo'lmish "Al Vahda" ayni paytda amirliklar chempionatida 17-turdan so'ng 27 ochko jamg'argan holda 5-o'rinni egallab turibdi. "Ar Rayyan" esa Qatar chempionatida 18-turdan keyin 30 ochko to'plagan holda 4-pog'onada bormoqda. Saudiya Arabistoni chempionati vakili "Al Ittihod" 21 o'yinda 15 ochko to'plab quyi ligaga tushib ketadigan 17-o'rinda mustahkam o'rnashib olgan.



"Paxtakor"ga esa "D" "kvarteti"da Eronning "Persepolis", Qatarning "Al Sadd" hamda Saudiya Arabistonining "Al Ahli" jamoalari raqiblik qilishadi. "Al Sadd" Qatar chempionatida 18-turdan keyin 47ochko bilan yakka peshqadamlik qilmoqda. "Al Ahli" esa Saudiya Arabistoni chempionatida 22-tur oldidan 36 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda. "Persepolis" esa ayni paytda 20 o'yindan keyin 41 ochko to'plagan holda Eron chempionatining peshqadami bo'lib turibdi.



"Lokomotiv" va "Paxtakor" jamoalarimiz uchun esa ichki chempionat OCHL 1-tur o'yinlaridan keyin boshlanadi. Mazkur jamoalarimiz Superliganing dastlabki turidayoq o'zaro to'qnash kelishadi. Bunga qadar esa "Lokomotiv" o'z uyida "Al Vahda" bilan, "Paxtakor" Eronda peshqadam "Persepolis" bilan bahs boylaydi.

Qayd etish kerak, bugun Saudiya Arabistoni chempionatida o'ziga xos derbi, yani "Loko" va "Paxtakor"ning guruhdagi raqiblari "Al Ahli" - "Al Ittihod" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Al Ahli

Omar Al Somah - 78'

Saudi Professional League . 22-tur

01/03/2019, 22:30

1
:
1
Tugadi

Al Ittihad

Romarinho - 71'

45'
90'
61'  Mohanad Asiri (Omar Al Somah)
69'  Salman Al-Muwashar (Nicolae Stanciu)
73'  Claudio Baeza
77'  Abdulfattah Asiri (Hussain Al Mogahwi)
78'  Omar Al Somah
78'  Hussain Al Mogahwi
3'  Fahad Al-Muwallad
21'  Karim El Ahmadi
71'  Romarinho
84'  Romarinho (Abdulrahman Al Ghamdi)

Bizda hali chempionat boshlangani yo'q. Qatar, Eron, Saudiya Arabistoni va BAA chempionatlarida esa mavsum o'zining qizg'in pallasiga kirgan. Bu esa raqiblarimizga kichik ustunlikni taqdim etadi. Garchi bizda mavsum hali start olmagan bo'lsada, "Lokomotiv" O'zbekiston Superkubogida maydonga tushishga ulgurdi va AGMK ustidan qozonilgan g'alaba bilan yangi mavsumni yaxshi kayfiyat hamda sovrin bilan boshladi. "Paxtakor" esa OCHL saralash va pley-off doirasidagi o'yinlari orqali ishga kirishib oldi. "SHerlar" dastlab Iroqning "Eyr Fors" hamda BAAning "Al Nasr" jamoalari ustidan g'alaba qozondi. Bu esa "Paxtakor" ham yaxshi kayfiyatda mavsumga kirishib olganini anglatadi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, jamoalarimizning guruhlariga nazar soladigan bo'lsak, "Loko"ga qaraganda "Paxtakor"ga ancha qiyin va mushkul bo'ladi. Raqiblar nomi, kuchi va ayni paytdagi holati etibori bilan ham "Paxtakor"ning guruhi ancha kuchli.

"Loko"ning raqiblari holati va kuchi ham "temiryo'lchilar"ni cho'chitmasligi kerak. Qisqa qilib aytganda, O'zbekiston chempioni "Lokomotiv" mazkur guruhdagi vazifani ortiqcha qiyinchiliksiz uddalashi lozim.

"Paxtakor"ning guruhi kuchli, to'g'ri, lekin jamoaning hozirgi holati va tarkibi ancha barqaror holatga kelgani "sherlar"ning yangi mavsumdagi imkoniyatlari ancha keng bo'lishiga "signal" bermoqda. Yani, "Paxtakor" ham mushkul guruhdagi jiddiy vazifalarni bajarish salohiyatiga ega.

Asosiysi, jamoalarimiz OCHLdagi eng muhim jihat, yani o'z uyidagi bahslarda qimmatli ochkolarni boy bermasdan, imkon qadar 100% natijalarni qayd etishi lozim.


SHahboz Beg'amov 

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика