So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

OCHL guruh bosqichida debyutini nishonlaydigan besh nafar yulduz FOTO Yangiliklar

OCHL guruh bosqichida debyutini nishonlaydigan besh nafar yulduz FOTO

Teglar :  OCHL
Bugun Osiyo chempionlar ligasining guruh bahslariga start beriladi.

SHu munosabat bilan OFK sayti OCHL guruh bosqichida o'z debyutini nishonlaydigan besh nafar yulduz haqida maqola chop etdi.

Xavi ("Al Sadd")

Jahon chempioni, Evropa chempionlar ligasining ikki karra g'olibi Xavi bugungi kunda o'z faoliyatini Qatarning "Al Sadd" klubida davom ettirmoqda. Xavi "Barsa" safida 500dan ko'p o'yin o'tkazgan. U 2015 yil Qatarga ko'chib o'tdi. "Al Sadd" avvalgi ikki mavsumda OCHL guruh bosqichiga chiqa olmagandi, mana endi jamoa shu yil o'z omadini sinab ko'radi. Xavi esa guruh o'yinlarida o'z debyutini nishonlaydi.


Aleshandre Pato ("Tiyanjin Kuanjian")

"Milan" safida porlagan Pato yodingizdami? U hozirda faoliyatini Xitoyda davom ettiryapti. Bungacha u "Korintians", "Vilyarreal" tarkibida ham to'p tepishga ulgurdi. O'tgan yil esa Xitoy Superligasi klubi bilan shartnoma tuzdi. 2017 yilgi mavsum Pato uchun omadli keldi. U jamoasining eng yaxshi to'purari bo'lishga erishdi.


Uesli Sneyder ("Al Garafa")

Sneyder futbolchilik faoliyati mobaynida Gollandiya, Ispaniya, Italiya va Turkiya chempionligini qo'lga kiritgan. "Real" va "Inter" safida o'zining eng yaxshi mavsumlarini o'tkazgan yarim himoyachi hozirda "Al Garafa" vakili hisoblanadi. U Gollandiya termasi safida 130tadan ko'p o'yinda maydonga tushgan. Bu futbolchi ham shu mavsum OCHL guruh bosqichida o'z debyutini nishonlaydi.


Obafemi Martins ("SHanxay SHenxua")

Nigeriyalik hujumchi Obafemi Martins ko'p klublarda to'p surgan. O'tgan yil uning ikkita goli Xitoy Kubogi finalida jamoasi "SHanxay SHenxua"ga g'oliblikni taqdim etdi. Martins 2006 yil "Inter" safida A seriya chempioni bo'lgan. U shuningdek, Angliya, Germaniya va Ispaniya klublarida ham to'p surgan.


Ali Al Habsi ("Al Hilol")

Ali Al Habsi Angliya Premer-ligasida o'ynagan ilk ummonlik darvozabon hisoblanadi. Faoliyati davomida "Bolton", "Riding" kabi klublarda o'ynagan tajribali posbon keyinroq Saudiya Arabistonining eng nomdor klubi "Al Hilol"ga ko'chib o'tdi. Uning ham bu mavsum OCHL guruh bosqichida debyut qilishi kutilmoqda.


Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика