So’nggi yangiliklar

01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  25 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  3 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  1 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  4 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  7 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  0 21:59Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  58 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  24 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  4 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  11 18:47Расман: Роналду "Ал Насср"да қолди!  19

OCHL finali oldidan matbuot anjumani tashkil etildi Yangiliklar

OCHL finali oldidan matbuot anjumani tashkil etildi

Bugun Saudiya Arabistonida Osiyo chempionlar ligasining dastlabki final uchrashuv bo'lib o'tadi. "Al Hilol" - "Urava Reds" bahsi bizning vaqt bilan soat 21:15da boshlanadi.


Kecha o'yindan oldingi ananaviy matbuot anjumani tashkil qilindi. "Urava Reds" bosh murabbiyi Takafumi Xori savollarga javob qaytarar ekan, birinchi finaldan oldin quyidagi gaplarni aytdi:

- "OCHL finalida "Al Hilol"ga qarshi bahs yuritish ajoyib bo'ladi. CHunki bu Osiyoning eng kuchli klublaridan biri. Men jamoani qabul qilib olayotganimda finalga qadar etib kelishimizni umuman o'ylamagandim. Biz bosqichma-bosqich o'sib bordik. Finalga chiqish o'z-o'zidan bo'lmaydi. Buning uchun katta mehnat talab qilinadi".

- "Biz bu erga kelish uchun 9,600 km. masofani bosib o'tdik. Bekorga kelmaganimizni isbotlashga harakat qilamiz. Saudiya klublari jismoniy jihatdan kuchli. "Al Hilol" esa o'yin tomonlama ham kuchli. Biz Yaponiyadan 200 kishidan ko'p bo'lib keldik, hamma jamoamizni qo'llab turishga tayyor".

Matbuot anjumanida "Al Hilol" bosh murabbiyi Ramon Dias ham ishtirok etdi. Murabbiy muhim bellashuv oldidan shunday dedi:

- "Bizda yaxshi o'yinchilar ko'p va shogirdlarimga to'liq ishonaman. Masalan, jamoamiz sardori Osama Xavsavi terma jamoada muntazam o'ynab kelmoqda. "Al Hilol" qiyin vaziyatlarda qanday o'ynashni biladi. Saudiya Arabistonining jahon chempionatiga chiqqani ko'plab futbolchilarga ijobiy tasir qildi. Ular endi klub miqyosida ham nimagadir erishishmoqchi".

- "Biz yarim finalni ajoyib tarzda o'tkazib, finalga qadar etib keldik. Endi bosh maqsad Kubokni qo'lga kiritish. Raqibni har tomonlama o'rganib chiqdik, "Urava" yaxshi klub, lekin ularning ham ojiz tomonlari bor. Kim xatoga kamroq yo'q qo'ysa o'sha Osiyo chempionlar ligasini yutadi".

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика