So’nggi yangiliklar

11:25АПЛ. Янги мавсум илк турининг марказий учрашуви Манчестерда бўлиб ўтади  1 11:21Бугун Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Боливия билан ўйнайди  1 10:39“Реал“ етакчиси билан шартномани узайтириш бўйича келишувга эришди  0 10:08“Ал Ҳилол“ “Милан“ футболчиси билан келишувга эришди  2 09:37Алонсо “Реал“даги дебютидан сўнг нималар деди?  17 09:05ЦСКАда мураббийлар алмашинуви. Энди Файзуллаевнинг ЦСКАдаги фаолияти қандай кечади?  4 08:35Пеп Гвардиола: “Бундай шароит ҳеч кимга тўғри келмайди“  2 08:03Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум  17 07:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Ювентус" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  3 07:33Суперлига. Бугун 13-турга старт берилади  1 07:04Об-ҳаво сабабли 30 дақиқа учрашувда тўхталиш бўлган “Пачука“ — “Ред Булл Зальцбург“ учрашуви якунланди  0 04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  4 04:22Баҳром Ҳайдаров: "Мураббий сифатида уларни айблай олмайман"  2 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверде 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  119 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  3

OCHL. Dastlabki turda klublarimiz Saudiya Arabistoni klublariga qarshi Yangiliklar

OCHL. Dastlabki turda klublarimiz Saudiya Arabistoni klublariga qarshi

2016 yilgi Osiyo chempionlar ligasining ilk turida O'zbekistonning to'rt klubi ham Saudiya Arabistonida klublariga qarshi o'ynaydi.

"Lokomotiv" va "Paxtakor" o'z uyida mos ravishda "Al Ittihod" va "Al Hilol"ni qabul qiladi. "Bunyodkor" hamda "Nasaf" esa mos ravishda "Al Nasr" va "Al Ahli" klubi mehmoni bo'lishadi. Biz o'quvchilarimizga Saudiya Arabistoni – O'zbekiston klublari o'rtasida kechgan o'yinlar statistikasi haqida malumot berishga qaror qildik.

2002 yildan buyon muntazam ravishda o'tkazib kelinayotgan Osiyo chempionlar ligasida O'zbekiston va Saudiya Arabistoni klublari jami 42 marta to'qnash kelishgan. Katta ustunlik arablar tomonida. Ushbu mamlakat klublari 25 bor g'alaba nashidasini surishgan. 8ta uchrashuvda bizning klublari uch ochkoni qo'lga kiritishgan. Qolgan 9ta bahsda g'olibni aniqlashni imkoni bo'lmagan. 



Saudiya Arabistonida kechgan 22 o'yinning 16tasida maydon egalari zafar quchishgan. 5 bahsda durang qayd etilgan bo'lsa faqat bir bor (!!!) O'zbekiston klubi ushbu yurtdan g'alaba bilan qayta olgan. 2009 yilning 27 may sanasida musobaqaning 1/8 finali doirasida “Paxtakor” “Al Ittifoq” klubi mehmoni bo'lgan. O'sha uchrashuvda mezbonlar hisobni ochishgandi. Uchrashuvning so'nggi 11 daqiqasida “sherlar” Zayniddin Tojiev va Aleksandr Geynrixning gollari evaziga irodali g'alabani tantana qilishgan. Aynan shu g'alaba klublarimiz tarixida Saudiya Arabistonida qo'lga kiritilgan yakkayu-yagona muvaffaqiyat bo'lib turibdi.

O'zbekistonda esa 20ta uchrashuv bo'lgan. 7 marta bizning klublar g'alaba qozonishgan. To'rt bor uchrashuvda g'olibning nomini aniqlashning imkoni bo'lmagan. 9ta o'yinda arablar yurtimizdan 3 ochko bilan ketishgan. 



“Al Nasr” - “Bunyodkor”

“Al Nasr” esa to'rt bor yurtimiz jamoalariga qarshi o'ynagan. 2011 yilgi mavsumda bu klub “Paxtakor” bilan bir guruhdan o'rin olgandi. Toshkentda kechgan bahsda 2:2 hisobi qayd etilgandi. “Al Nasr” maydonida kechgan uchrashuvda esa 4:0 hisobida mezbonlar g'alabaga erishishgan. O'tgan yil ham bu klub “Bunyodkor” bilan bir guruhdan olgandi. Saudiya Arabistonida o'tgan o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgan. Toshkentda esa “Al Nasr” g'alabaga erishgandi – 1:0.

“Bunyodkor” Saudiya Arabistoni klublariga qarshi 15 marta maydonga tushgan. 4 bor "qaldirg'ochlar" g'alaba qozonishgan, 4ta uchrashuvda durang hisobi qayd etilgan. Qolgan 7ta bahsda arablar zafar quchishgan. Toshkent klubi hisobida 13ta gol bor, arablar "Bunyodkor" darvozasiga 20 bor to'p kiritishgan.

“Lokomotiv” – “Al Ittihod”

“Lokomotiv” shu kunga qadar Saudiya Arabistoni klublariga qarshi bu musobaqada ikki bor maydonga tushgan. O'tgan yil “Al Hilol”ga qarshi o'tgan har ikkala bahsda ham arablar (3:1 va 2:1) g'alabaga erishishgandi.

“Al Ittihod” Saudiya Arabistoni klublari orasida o'zbek klublariga qarshi eng ko'p o'yin o'tkazgan. 12ta uchrashuvning 7tasida “Ittihod” muvaffaqiyat qozongan, 3ta uchrashuvda durang qayd etilgan. Qolgan ikki o'yinda O'zbekiston klublari “Al Ittihod”ni mag'lub etishni uddalashgan. 



“Paxtakor” – “Al Hilol”

“Paxtakor” bu davlat klublariga qarshi 19 bor to'qnash kelgan. 3ta uchrashuvda “sherlar” 3 ochkoga ega chiqishgan. To'rt o'yinda tomonlarning kuchi teng kelgan. Qolgan 12ta bahs Saudiya Arabistoni klublarining g'alabasi bilan o'z yakuniga etgan.

“Al Hilol” 11 bor o'zbek klublari bilan bahs olib borgan. SHundan 9tasida “Hilol” g'olib bo'lgan, 1 marta durang qayd etilgan (“Paxtakor” bilan o'yinda) va bir bor mag'lub bo'lgan (“Mashal” bilan o'yinda).

“Al Ahli” – “Nasaf”

“Al Ahli” bizning klublar bilan 4 bor to'qnash kelgan. Ikki bor zafar quchgan va bir bor durang o'ynagan. Yana bitta uchrashuvda O'zbekiston klubi “Ahli”ni taslim qilgan.

“Nasaf” faqat 2015 yilgi mavsumda Saudiya Arabistoni klublariga qarshi o'ynagandi. Jiddaning “Al Ahli” klubiga qarshi o'tgan safardagi bahsda “ajdarlar” 1:2 hisobida yutqazishgan. Qarshidagi uchrashuvda esa hisob ochilmay qolgandi – 0:0. 



Saudiya Arabistoni klublari O'zbekiston klublariga qarshi

#          

Klub

G'alaba    

Durang    

Mag'lubiyat     

1

“Al Hilol”

9

1

1

2

“Al Ittihod”

7

3

2

3

“Al SHabab”

3

1

0

4

“Al Nasr”

2

2

0

5

“Al Ahli”

2

1

1

6

“Al Ittifoq”     

2

0

3

7       

“Al Fath”

0

1

1

 

O'zbekiston klublari Saudiya Arabistoni klublariga qarshi

#          

Klub

G'alaba     

Durang      

Mag'lubiyat   

1

“Bunyodkor”        

4

4

7

2

“Paxtakor”

3

4

12

3

“Mashal”

1

0

1

4

“Nasaf”

0

1

1

5

“Neftchi”

0

0

2

6

“Lokomotiv”

0

0

2

 
Narzulla Saydullaev

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика