So’nggi yangiliklar

02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  2 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  2 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  8 00:37"Арсенал" "Наполи"нинг шартларига рози бўлди  1 00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  0 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  6 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  0 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  0 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  0 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  3 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  22 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0 21:40Суперлига. "Қизилқум" бу йил ҳисобидан иккинчи маротаба "Бунёдкор"дан устун келди  12 21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  9 20:54Назорат учрашуви. "Динамо" - "Насаф" баҳсида ғолиб аниқланмади  0

OCHL. "D" guruhi, 3-tur. "Nasaf" BAAdan bir ochko bilan qaytadi Yangiliklar

OCHL. "D" guruhi, 3-tur. "Nasaf" BAAdan bir ochko bilan qaytadi

OCHL "D" guruhi 3-tur uchrashuvi "Al Ahli" - "Nasaf" o'yinidan uyushtiriladigan matnli onlayn translyaciyani ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.
OCHL-2015.

"D" guruhi, 3-tur.

"Al Ahli" (BAA) - "Nasaf" (O'zbekiston) 0:0

Dubay. "Rashid" stadioni.

Hakamlar
: Muhanad Qosim Sarray (Iroq), Muayyad Muhammad Ali (Iroq), Abdulloh Muborak Muhammad Al SHammaki (Ummon), Vathik Muhammad Abdallah Al Baag (Iroq)

Nazoratchi
: Halil Al Gamdi (Saudiya Arabistoni)

Komissar
: Ahmad SHahir (Maldiv orollari)

"Al Ahli"
: 55. Majid Nosir, 2. Salmin  Hamis, 5. Volid Abbos, 7. Ismoil Hammadi, 8. Everton Ribeyro, 10. Luis Ximenes, 11. Ahmad Halil, 14. Ossama Assaidi, 21. Kvon Kyun Von, 62. Abdulaziz Sanqur (4. Habib Fardan, 80), 88. Majid Hassan (92. Said Jassim, 85).
Zaxiradagilar
: 12. Ahmad Mahmud, 20. Said Blushi, 26. Abdulaziz Haykal, 28. Isa Ahmad, 70. Volid Husayn.

"Nasaf"
: 25. Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov (27. Ilhom Yunusov, 65), 15.Roy Rok, 23. SHerzod Azamov, 32. Hamza Karimov, 33.Odiljon Hamrobekov (99.Oleksandr Koblash, 81), 34.Farruh Sayfiev, 28.SHuhrat Muhammadiev, 20.Erkin Boydullaev, 9.Ilhom SHomurodov, 17.Artur Gevorkyan (5. Botir Qoraev, 34).
Zaxiradagilar
: 30. O'tkir Yusupov, 7.Akramjon Bahriddinov, 18.Bahrom Abdurahimov, 22.SHohruh Gadoev.

Ogohlantirishlar
: Maqsud Karimov (54), Ilhom SHomurodov (62), Hamis (90), Ismoil Hammadi (90)


                                  MATNLI TRANSLYACIYA
                                              YANGILASH



- "Al Ahli" - "Nasaf" uchrashuvidan olib borgan reportajimizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha. Etiboringiz uchun tashakkur!

- "Nasaf" ushbu turda o'zbek klublari ichida ochko ishlagan yagona klub bo'ldi.

- Qarshining "Nasaf" jamoasi yurtimizga bir ochko bilan qaytadigan bo'lishdi.


- UCHRASHUV YAKUNLANDI!


90`
Ahmad Halilning jarima zarbasidan tepgan to'pini Suyunov ushlab oldi!


90`
Ismoil Hammadi qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirish oldi.


90`
Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.


90`
Salmin Hamis ogohlantirildi. Hamis Sayfievni oyog'iga tepdi. Futbolchimizga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.


90`
Eldorbek Suyunov jarima maydonchasi ichiga oshirib berilgan to'pni egallab oldi!


89` Ilhom SHomurodov qani kuchli zarba???? Ehhhh! SHundoq imkoniyat paydo bo'lgandiya...


88` Eldorbek Suyunov!!! Ossama Assaidining xavfli zarbasi va Eldorbek Suyunov o'z o'rnida!


86`
O'yin tobora o'z nihoyasiga etib bormoqda. Jamoalar esa endi uzoqdan ko'p zarbalar yo'llashmoqda.


85`
O'zgarish. "Al Ahli". Majid Hassan o'rniga Said Jassim tushirildi.


84`
"Nasaf"ning hujumi. SHuhrat Muhammadievning uzoqdan yo'llagan zarbasi baland ketdi.


83`
Ahmad Halilning navbatdagi zarbasi mo'ljalga aniq bormadi.


82`
O'zgarish. "Nasaf". Odil Hamrobekov o'rniga Oleksandr Koblash tushirildi. Demak hujumga o'tamiz?!


81`
O'zgarish. "Al Ahli". Sanqur o'z o'rnini Habib Fardanga bo'shatib berdi.


79`
Ilhom SHomurodov zarba berishda biroz adashdi. Uning zarbasi kuchsiz chiqdi. Muhammadiev o'z qanotidan hujumni rivojlantirgandi. Biroq bu galgi hujum samara keltirmadi.


77`
Uchrashuv bosh hakami Qosim Sarray barcha kichik follarni "Al Ahli" foydasiga ko'rsatmoqda.


75`
Ahmad Halilning uzoqdan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.


74`
Ossama Assaidi, Ahmad Halil, Ximenes singari futbolchilar himoyamizni katta bosim ostida ushlab turishibdi.


72` Xavfli vaziyat!
Ahmad Halilning "chalqancha" uslubda yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.


71`
SHerzod Azamov himoyada ishonchli o'ynadi va xavfni bartaraf etdi. Undan oldin esa Hamrobekov raqib darvozasiga boshi bilan zarba yo'llagandi. Ammo to'pni himoyachilar qaytarib qolishgandi.


70`
Assaidining jarima maydonchasi tomon oshirgan to'pini Suyunov egallab oldi.


68`
Vakillarimiz oldingi chiziqda to'pni o'zlarida ko'p ushlab qolishmoqda. Imkoniyat paydo bo'lishi bilan darvozani "o'qqa" tutish kerak!
 

67`
Roy Rok hujum chizig'ida paydo bo'ldi. Biroq Majir Nosir unga nisbatan sal chaqqonroq o'ynadi to'pni o'z vaqtida ushlab oldi.


66`
O'zgarish. "Nasaf". Maqsud Karimov o'rniga Ilhom Yunusov tushdi.


64` Eldor Suyunov vakillarimizni goldan saqlab qolmoqda! Barakalla, Eldor! Luis Ximenesning yaqin masofadan tovoni bilan tepgan to'pni qiyinchilik bilan darvoza chizig'i ustidan ushlab qoldi.


62`
Ilhom SHomurodov keraksiz joyda o'ziga sariq kartochka ishlab oldi.


61` Eldor Suyunov!!!!!!!!
Raqib darvozamiz tomon navbatdagi zarbani yo'lladi. Suyunov o'z o'rnida.


60`
SHuhrat Muhammadiev o'z qanotidan tezlik bilan oldinga o'tib ketayotgan raqib uni ushlab qoldi. Lekin hakam jim...


59`
"Nasaf" futbolchilari hujumda ham kichik follarni ko'p qayd etishmoqda.


57`
Abdulaziz Sanqurning uzoqdan tepgan zarbasi xavfli, ammo biroz noaniq chiqdi.


56`
Eldor Suyunov o'z postini tashlab chiqdi va jarima maydonchasi chetida ancha xafli o'ynadi. Yaxshi hamki to'p raqiblarga borib tushmadi.


55`
"Al Ahli"ning ketma-ket hujumlarini nihoyat Eldor Suyunov to'xtatdi. Kuchli zarbani qaytarishda Eldor ishonchli o'ynadi.


54`
Maqsud Karimov raqibi Hammadiga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. Sariq kartochka va jarima zarbasi.


53`
"Nasaf" asosiy etiborni himoyaga qaratgan holda, qarshi hujum rejasi bilan o'ynamoqda. Hozircha vakillarimizda qarshi hujumda imkoniyat bo'layotgani yo'q.


51`
Ahmad Halil jamoamiz darvozasi tomon yurish qilayotganda Roy Rok xavfni bartaraf etdi.


50`
Farruh Sayfiev hujum paytida raqibga nisbatan qoidani buzdi.


48`
"Al Ahli"ning o'ng qanot bo'ylab amalga oshirgan yurishi besamar ketdi.


47`
"Nasaf"ning chap qanotdan uyushtirgan hujumini Kvon Kyun Von bartaraf etdi.


46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!


- Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!


45`
Birinchi bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi.


43`
Vakillarimiz o'yinni o'z jarima maydonchamiz oldidan uzoqlashtirishga harakat qilishmoqda.


41`
Botir Qoraev Roy Rokni hujumga chorladi va unga to'pni oshirdi. Lekin uzatma ancha kuchli chiqdi. Kamiga esa o'yindan tashqari holat qayd etildi.


39`
"Al Ahli" jarima zarbasini amalga oshirdi. Jarima maydonchasiga oshirib berilgan to'pni Eldor Suyunov ushlab oldi.


38`
"Al Ahli" asosan qanotlar orqali hujumlarni tashkil etmoqda.


36`
Botir Qoraev chap qnot himoyasiga o'tadi. Roy Rok esa chap qanot yarim himoya chizig'ida o'ynaydi. Farruh Sayfiev esa o'ng qanotga ko'chadi.


35`
Odil Hamrobekovning uzoqdan yo'llagan zarbasini Majid Nosir ushlab oldi.


34`
O'zgarish. "Nasaf". Artur Gevorkyan o'rniga Botir Qoraev o'yinni davom ettiradi.


33` Artur Gevorkyan o'yinni davom ettira olmaydigan bo'ldi. Ehhh...


32`
"Al Ahli"ning hujumlari keskin ko'rinish olmoqda. Eldor Suyunov to'pga chiqishda juda yaxshi o'ynadi.


31`
Artur Gevorkyan maydonni tark etadigan bo'lsa vakillarimizga ancha qiyin bo'lishi aniq.


30`
Artur Gevorkyan jarohat oldi. Unga maydon chetida tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Ara, maydonga qayt...


29` ELDORBEK SUYUNOV!!!!!!!!! BARAKALLA!!!!
Burchak to'pidan so'ng Salmin Hamis bosh bilan juda kuchli zarba yo'lladi. Suyunov darvoza chizig'idan to'pni qaytarib qoldi. Ajoyib "seyv"!


28`
O'yin ko'proq vakillarimiz jarima maydonchasi atrofida o'tmoqda.


26`
Futbolchilar maydonning har bir qarichida to'p uchun keskin kurash olib borishmoqda.


25`
"Al Ahli" juda xavfli hujumni tashkil etdi. Himoyachilarimiz bu vaziyatda yaxshi harakat qilishdi va xavfni bartaraf etishni uddasidan chiqishdi.


24`
Jarima zarbasidan tepilgan to'p "jonli-devor"ga tegib qaytdi.


23`
Ahmad Halilga nisbatan SHerzod Azamov qoidani buzdi. Jarima zarbasi. Xavfli nuqta.


22`
O'yin tezligi yuqori emas. Jamoalar ancha ehtiyotkorlik bilan o'ynashmoqda.


21`
"Al Ahli"ning chap qanoti juda faol. U erda gollandiyalik Ossama Assaidi o'ynamoqda.


20`
Maydon markazi oldidan jarima zarbasi amalga oshirildi. Artur Gevorkyan tomondan oshirib berilgan to'pni raqiblar bartaraf etishdi.


18`
"Nasaf" oldinga intilmoqda. To'p nazorati vakillarimiz tomonga o'tdi.


17`
Ilhom SHomurodovda qulay vaziyat yuzaga kelgandi. Qarshi hujumda hujumchimiz raqib himoyachidan qochib ketdi va darvozaga zarba yo'lladi. Majid Nosir ham o'z o'rnida!


16` Eldorbek Suyunov!!!!!!!!!!
"Al Ahli"ning gollandiyalik legioneri Ossama Assaidi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va darvozaga kuchli zarba yo'lladi. Suyunov o'z postini ishonchli ko'riqlamoqda!


15`
Ro'ziqul Berdiev tik turgancha shogirdlariga kerakli ko'rsatmalarni berib bormoqda.


14`
Darvoza tomon ilk zarba! Eldor Suyunov bu vaziyatda ishonchli o'ynadi va kuchli zarbani qaytarib yubordi.


13`
"Al Ahli" asosiy etiborni to'pni nazorat qilishga qaratmoqda.


12`
Vakillarimiz harakatlarida biroz tezlik qo'shilmoqda. "Nasaf" o'yin tizginini o'z qo'liga olishga urinmoqda.


11`
Ahmad Halil to'p uchun kurashda Boydullaev bilan to'qnashib ketdi. U biroz oqsagan holda yurmoqda.


10`
"Nasaf" hujum uyushtirdi. Artur Gevorkyan darvozaga bosh bilan zarba yo'lladi. Majid Nosir o'z o'rnida.


8`
"Nasaf" himoya chizig'ida biroz sarosima kuzatildi. Lekin so'nggi pallada Hamza Karimov yaxshi o'ynadi va xavfni o'z vaqtida qaytardi.


7`
"Al Ahli" darvozasi tomon ilk yurish amalga oshirildi. Biroq bu vaziyatda Majid Nosir yaxshi o'ynadi va xavfni bartaraf etdi.


6`
To'p raqib posboni Majid Nosirgacha etib keldi. Darvozabon to'pni kuchli zarba bilan o'z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtirdi. "Nasaf" hujumga o'tishga shoshmayapti.


5`
Maydon markazida Boydullaev to'pni qo'li bilan o'ynadi.


4`
"Nasaf" to'pni raqibdan olib qo'ydi va sekin-asta pozicion hujumga o'tmoqda.


3`
"Al Ahli" chap qanot bo'ylab hujumga o'tayotganda to'p maydonni tark etdi. Hozircha jamoalar oldinga o'tishga unchalik shoshilishayotgani yo'q.


2`
"Al Ahli"ning dastlabki yurishi maydon markazi oldida to'xtatildi.


1` O'YIN BOSHLANDI! Demak boshladik... OLG'A "Nasaf"!


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda...


- BAAning "Al Ahli" jamoasining oldingi chizig'i ancha kuchli va ularda bir qator (Ribeyro, Hammadi, Halil va Luis Ximenes) yuqori darajadagi ijrochilar mavjud. Lekin himoya qo'rg'onini "yorib" o'tsa bo'ladi.


- "Nasaf" bugun durang uchun emas, balkim g'alaba qozonishi shart! O'zbek klublari uchinchi turni g'alabasiz yakunlashlari kerak emas. Olg'a "Nasaf"!


- "Nasaf" ham 4-5-1 sxemasi asosida o'ynaydi. Darvozani Eldor Suyunov qo'riqlasa, himoyada: (o'ngdan) SHuhrat Muhammadiev, SHerzod Azamov, Hamza Karimov, Roy Rok harakatlanadi. Yarim himoyaning tayanch zonasida Odil Hamrobekov va Erkin Boydullaev o'ynaydi. Maqsud Karimov esa ham orqaga, ham oldingi chiziq vakillariga markazda ko'maklashadi. CHap qanotdan Farruh Sayfiev yurish qilib tursa, o'ng qanot bo'ylab Artur Gevorkyandan "reyd"lar amalga oshishi rejalashtirilgan. Hujumda Ilhom SHomurodov harakat qiladi.



"Al Ahli" klubining rasmiy tvitterining malum qilishicha, jamoa futbolchilari bugun ushbu sxema (4-5-1) ostida harakat qilishadi.

- Ro'ziqul Berdiev bugungi o'yinda o'tgan turdagi tarkibni tashlagan. Bu qanchalik o'zini oqlashini esa o'yin davomida bilib olamiz. Aytish joizki, Saudiyada kechgan bellashuvda vakillarimiz yomon taassurot qoldirishmagan edi. Bugungi uchrashuvda ulardan himoyada ishonchli, hujumda dadilroq harakatni kutib qolamiz.


- Ketma-ket uchta jamoamiz ushbu turda baravariga mag'lubiyatga uchrashdi. Umid qilamizki, "ajdarlar" nihoyat o'zbek futbol muxlislariga va xalqimizga Navro'z bayrami oldidan g'alabani taqdim etishadi va barchani birdek xushnud etishadi.


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! OCHL "D" guruhidan o'rin olgan "Al Ahli" - "Nasaf" uchrashuvidan o'z reportajimizni boshlaymiz. Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.


- Uchrashuv soat 21:35da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика