OCHL. “Bunyodkor-W” guruhdagi so'nggi o'yinda Hindiston klubiga mag'lub bo'ldi
13 noy 2021 22:55
Yangiliklar
OCHL. “Bunyodkor-W” guruhdagi so'nggi o'yinda Hindiston klubiga mag'lub bo'ldi
Bugun ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionatining 3-tur bahslari o'tkazildi.
Iordaniyaning Aqaba shahrida Ayollar Osiyo CHempionlar Ligasi bahslari davom etyapti. O'zbekistonning 2020 yilgi chempioni, Kubok sohibi “Bunyodkor-W” bugun Hindistonning “Gokulam Kerala” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Hamyurtlarimiz o'yinda 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi.
“Bunyodkor-W” - “Gokulam Kerala” 1:3
Gollar: Elshadai Acheampong, 34 (0:1), Manisha, 61 pen (0:2), Umida Zoirova, 62 (1:2), Karen Zea, 69 (1:3)
CHetlatish: Luiza Sadirova, 61 (“Bunyodkor-W”)



SHu tariqa, uchta o'yinda 2 mag'lubiyat va bir g'alaba qayd etgan "Qaldirg'ochlar" guruhda hozircha 4-o'rinni egallab turishibdi. “Amman klub” (Iordaniya) - “SHahrdari Sirjan” (Eron) o'rtasidagi o'yindan so'ng esa, guruhdagi yakuniy joylashuv aniq bo'ladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar