OCHL. "Bunyodkor-W" Eron klubiga yutqazdi
07 noy 2021 21:26
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/667404_original.jpg)
![](/upload/storage/667404_220.jpg)
OCHL. "Bunyodkor-W" Eron klubiga yutqazdi
Vakilalarimiz Iordaniyaning Aqaba shahrida bo'lib o'tayotgan musobaqa birinchi turida Eronning "SHahrdari Sirjan" jamoasiga qarshi bahs olib borishdi.
Elmira Gulamova shogirdlari o'yinda 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi. "Bunyodkor-W" tarkibidagi gol muallifi hujumchi Lyudmila Karachik bo'ldi. U penalti orqali hisobni qisqartirishga erishdi.
Bizga malum bo'lishicha, "Bunyodkor-W" quyidagicha tarkib bilan maydonga tushgan:
"Bunyodkor-W": 1. Olga Qahhorova, 8. Luiza Sadirova, 17. Dilrabo Asadova, 27. Ilvina Ablyakimova, 5. Kamola Risqieva, 9. Dildora Nozimova, 10. Saida Galimova, 15. Umida Zoirova, 19. Nozima Ergasheva, 7. Lyudmila Karachik
"Bunyodkor-W"ning keyingi uchrashuvlari:
2-tur. 10 noyabr
“BUNYODKOR-W” - “AMMAN KLUB” (Iordaniya)
3-tur. 13 noyabr
“BUNYODKOR-W” - “SRI GOKULAM KERALA” (Hindiston)
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar