OCHL. Bugun "Lokomotiv" va "Nasaf" o'ynaydi
21 apr 2015 07:19
Yangiliklar

OCHL. Bugun "Lokomotiv" va "Nasaf" o'ynaydi
Bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turidan o'rin olgan o'yinlar boshlanadi.
Yurtimiz sharafini himoya qilayotgan "Lokomotiv" klubi o'z maydonida Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubini qabul qiladi. Dastlabki turda arab diyorida o'tgan bahsda "temiryo'lchilar" 1:3 hisobida mag'lub bo'lishgandi. Bugungi o'yinda "Loko" g'alaba qozonsa keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini keskin oshiradi. Uchrashuv soat 16:00da "Lokomotiv" stadionida boshlanadi. Barcha muxlislarni stadionga taklif qilamiz.
Qarshining "Nasaf" klubi esa Eronda "Traktorsozi"ga qarshi o'ynaydi. Birinchi turda O'zbekistonda o'tgan uchrashuvda Ro'ziqul Berdiev shogirdlari 2:1 hisobida zafar quchishgan edi. Bugungi bahsda ham "ajdarlar"ga g'alaba yor bo'lishini kutamiz. Bu o'yin Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshalandi.
Har ikkala uchrashuv SPORT TV orqali jonli ravishda efirga uzatiladi va saytimiz orqali matnli translyaciya qilinadi.

Fikrlar