OCHL. Bugun "Lokomotiv" va "Bunyodkor" o'ynaydi
08 apr 2015 09:30
Yangiliklar
OCHL. Bugun "Lokomotiv" va "Bunyodkor" o'ynaydi
Osiyo chempionlar ligasining 4-turidan o'rin olgan o'yinlar bugun davom ettiriladi.
Toshkentning "Lokomotiv" klubi o'z maydonida Qatarning "Al Sadd" klubini qabul qiladi. Soat 16:00da boshlanadigan o'yinda Vadim Abramov shogirdlarini faqat g'alaba qoniqtiradi. Qatardagi uchrashuvda mezbonlar 6:2 hisobida zafar quchishgandi. Bugungi bahsda "temiryo'lchilar"ni qo'llab quvvatlash uchun barcha muxlislarni TTZdagi "Lokomotiv" stadioniga chorlaymiz.
Sergey Lushan boshchiligidagi "Bunyodkor" klubi Qatarda "Laxviya" mehmoni bo'ladi. "Qaldirg'ochlar"ga ham g'alaba suv va havodek zarur. Toshkentda o'tgan bahsda "Laxviya" penaltidan urilgan gol evaziga g'alabaga erishgandi. Bugungi o'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi.
Bugungi uchrashuvlarda ikkala jamoamizga ham omad tilaymiz!

Fikrlar