OCHL. Bugun "Lokomotiv" o'ynaydi
27 fev 2017 08:00
Yangiliklar
OCHL. Bugun "Lokomotiv" o'ynaydi
Bugun Osiyo chempionlar ligasi 2-turidan o'rin olgan dastlabki 4ta o'yin bo'lib o'tadi.
O'zbekiston chempioni va kubogi sohibi, Toshkentning "Lokomotiv" o'z maydonida BAA chempioni "Al Ahli" klubini qabul qiladi. Bahs soat 16:00da TTZ dahasidagi "Lokomotiv" stadionida boshlanadi. "Al Ahli" ilk turda o'z maydonida "Istiqlol"ni 2:1 hisobida taslim qilgandi.
Guruhdagi ikkinchi o'yin Tehronning "Istiqlol" va Saudiya Arabistonining "Al Taavon" klublari o'rtasida Ummondagi neytral maydonda bo'lib o'tadi. Bu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30ga belgilangan.
Bundan tashqari "B" guruhida ham ikkita bahs o'tkaziladi.
"A" guruhi
16:00 - "Lokomotiv" - "Al Ahli"
20:30 - "Istiqlol Tehron" - "Al Taavon"
"B" guruhi
20:10 - "Al Fateh" - "Lahviya"
20:30 - "Al Jazira" - "Istiqlol Xuziston"

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar