OCHL. Bugun "Lokomotiv" - "Al Hilol" uchrashuvi bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
24 may 2016, 08:00
Osiyo chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi javob uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

O'zbekistonning "Lokomotiv" klubi bugun Toshkentda Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi. O'yinni avstraliyalik hakamlar boshqarib borishadi. O'tgan hafta bu jamoalar Saudiya Arabistonida dastalkbi uchrashuvni o'tkazishgandi. O'shanda 0:0 hisobi qayd etilgandi.

Barcha muxlislarni O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan "Lokomotiv" klubini qo'llab-quvvatlash uchun "Bunyodkor" stadioniga chorlab qolamiz!

"Lokomotiv" - "Al Hilol"
Osiyo chempionlar ligasi. 1/8 final. Javob uchrashuvi
24 may. "Bunyodkor" stadioni. 18:00
Hakamlar
: Benjamin Uilyams, Mettyu Krim, Pol Setrangolo (uchalasi Avstraliya), Sivakorn Pu-Udom (Tailand)
Nazoratchi: Kvon Jong Chul (J.Koreya)
Komissar: Subramanian Manikam (Malayziya)
Daslabki uchrashuv: 0:0

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia