OCHL. Bugun G'arb mintaqasida 4-turga yakun yasaladi
23 apr 2019 17:08
Yangiliklar


OCHL. Bugun G'arb mintaqasida 4-turga yakun yasaladi
Bugun bo'lib o'tadigan to'rtta o'yindan so'ng Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-tur bahslari tugaydi.
Xabaringiz bor, kecha "B" va "D" guruhlarida navbatdagi tur uchrashuvlari o'tkazildi. Bugun esa "A" va "C" guruhi ishtirokchilari o'z o'yinlarini o'tkazadi.
"A" guruhida Iroqning "Al Zavra" klubi Saudiya Arabistonining "Al Sadd" jamoasi bilan bahs olib boradi. Guruhdagi ikkinchi o'yin Eronda "Zobahan" va "Al Vasl" o'rtasida bo'lib o'tadi.
20:00. "Al Zavra" - "Al Nasr"
20:30. "Zobahan" - "Al Vasl"
"O'lim guruhi" deya nom olgan "C" guruhida ham 4-tur bellashuvlari o'tkaziladi. BAAdagi "Muhammad bin Zayed" stadionida "Al Hilol" mezbon sifatida "Istiqlol" bilan bellashadi. "Al Ayn" esa o'z maydonida Qatarning "Al Duhayl" klubini qabul qiladi.
20:00. "Al Hilol" - "Istiqlol"
21:00. "Al Ayn" - "Al Duhayl"
O’xshash yangiliklar

Fikrlar