So’nggi yangiliklar

08:55He we go! “Реал“ яна бир футболчи билан келишувга эришди  1 08:26“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин  1 07:57“Пахтакор“ ҳужумчиси иккинчи даврани “Динамо“да ўтказади  1 07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  6 01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  11 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  15

OCHL. Bugun Ahmedov jamoasi o'ynaydi, Saudiyada "El Klasiko" guvohi bo'lamiz Yangiliklar

OCHL. Bugun Ahmedov jamoasi o'ynaydi, Saudiyada "El Klasiko" guvohi bo'lamiz

Teglar :  OCHL1/4 final
Kecha Osiyo chempionlar ligasining 1/4 final dastlabki uchrashuvlariga start beriladi.

Saudiya Arabistonining "Al Nasr" klubi o'z maydonida "Al Sadd"ni qabul qilib, qiyinchilik bilan 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Bugun yana ikkita o'yin bo'lib o'tadi. 

Etiborimiz dastlab 16:30da boshlanadigan bahsga qaratiladi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov faoliyat olib borayotgan "SHanxay SIPG" o'z maydonida Yaponiyaning "Urava Reds" klubi bilan bellashadi. "SHanxay SIPG" avvalgi bosqichda Janubiy Koreyaning "CHonbuk Motors" klubini musobaqadan chiqarib yubordi. "Urava Reds" esa Koreyaning boshqa bir jamoasi "Ulsan Xyunday"dan 3:0 hisobida ustun keldi. 

Xitoy Superligasining o'tgan mavsumdagi g'olibi bu yil OCHLni ham yutishni maqsad qilgan. Biroq buni amalga oshirish oson bo'lmaydi. "SHanxay SIPG"ning chorak finaldagi raqibi "Urava Reds" ancha kuchli hisoblanadi. Bu jamoa bejizga 2017 yil OCHLda zafar quchmagan. O'shanda yaponlar finalda "Al Hilol"dan ustun kelishgandi. Qizig'i shundaki, "Urava Reds" OCHLni yutgan yili yarim finalda aynan bugungi raqibini musobaqadan chiqarib yuborgan. 

Lekin biz baribir Odil Ahmedov jamoasiga muxlislik qilamiz. O'ylaymizki, bu galgi to'qnashuvda omad shanxayliklar tomonida bo'ladi.

Shanghai Port

Hulk - 49', Hulk - 71'

AFC Champions League Final Stage . 1/4-tur

27/08/2019, 17:30

2
:
2
Tugadi

Urawa Red Diamonds

Tomoaki Makino - 3', Shinzo Koroki - 30'

45'
90'
45'  Hulk
46'  Huan Fu (Wenjun Lyu)
49'  Hulk
63'  Shiyuan Yang (Huikang Cai)
63'  Wei Zhang (Hai Yu)
71'  Hulk
3'  Tomoaki Makino
30'  Shinzo Koroki
30'  Kazuki Nagasawa
69'  Mauricio Antonio
71'  Ewerton (Kai Shibato)
88'  Fabricio (Yuki Abe)
90'  Shinzo Koroki (Yuki Muto)
 


Kechqurun soat 22:45dan boshlab Saudiya Arabistoni "El Klasikosi" guvohi bo'lamiz. CHunki bunda ikki azaliy raqiblar "Al Ittihod" va "Al Hilol" OCHL yarim final yo'llanmasi uchun dastlabki bellashuvni o'tkazishadi. "Al Ittihod" ham, "Al Hilol" o'ziga yarasha boy tarixga ega klub. "Al Ittihod" avvalgi bosqichda Eronning "Zobahan" klubidan ustun kelgan bo'lsa, "Al Hilol" Saudiya Arabistonining yana bir jamoasi "Al Ahli"ni ikki o'yin natijasiga ko'ra 4:3 hisobida mag'lub etib chorak finalga chiqdi. 

Bugungi bahs Romarino va Bafetimbi Gomisning o'zaro to'qnashuviga aylanishi kutilmoqda. Romarino o'tgan besh yil ichida OCHLda 18ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bafetimbi Gomis ham to'purarlikda boshqalardan qolishmayapti va deyarli har o'yinda gol uryapti. Francuz hujumchisi hozircha bu yil OCHLda 7ta gol urdi. O'tgan mavsum esa Saudiya Arabistoni chempionatida 30ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol urgan. 

Al Ittihad

AFC Champions League Final Stage . 1/4-tur

27/08/2019, 23:45

0
:
0
Tugadi

Al Hilal

45'
90'
69'  Abdulelah Al Malki (Mansour Althaqfi Al Harbi)
75'  Saud Abdulhamid
81'  Romarinho (Abdulaziz Al Bishi)
87'  Luis Jimenez (Ammar Al Daheem)
45'  Mohamed Kanno
81'  Andre Carrillo (Hattan Sultan Bahbri)
84'  Abdullah Al Hafith (Amiri Kurdi)
90'  Sebastian Giovinco (Mohammad Al Shalhoub)
 


OCHL-2019. 1/4 final. Dastlabki uchrashuvlar


26 avgust. 22:45 

"Al Nasr" - "Al Sadd" 2:1


27 avgust. 16:30 

"SHanxay SIPG" - "Urava Reds"


27 avgust. 22:45

"Al Ittihod" - "Al Hilol"


28 avgust. 17:00

"Guangju Evergrand" - "Kashima Antlers"

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика