So’nggi yangiliklar

21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  1 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  4 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  3

OCHL. Bosh sovrin ketma-ket 7-marta SHarqqa ketdi Yangiliklar

OCHL. Bosh sovrin ketma-ket 7-marta SHarqqa ketdi

Teglar :  OCHL final
SHunday qilib Osiyo chempionlar ligasining bu yilgi mavsumi ham tugadi.

Tehrondagi "Ozodi" stadionida kechgan ikkinchi final o'yinida hisob ochilmadi. Birinchi uchrashuvda "Kashima Antlers" 2:0 hisobida zafar quchgandi. Natijada yaponiyaliklar bu yilgi musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

Qizig'i shundaki, OCHL yo'lga qo'yilganidan beri ketma-ket ikkinchi marta yapon klublari zafar quchdi. O'tgan yil "Urava Reds" chempionlikni qo'lga kiritgandi, bu mavsum esa "Kashima"ga teng keladigani topilmadi. Xuddi shuningdek 2007/2008 yilgi mavsumlarda ham ketma-ket yapon klublari zafar quchgan. Xususan 2007 yil "Urava Reds", oradan bir yil o'tib esa "Gamba Osaka" chempion bo'lgan.

Statistikaga murojaat qiladigan bo'lsak, qatorasiga ettinchi bor bosh sovrin SHarq mintaqasiga ketdi. Oxirgi marta 2011 yil G'arb vakili "Al Sadd" OCHLda zafar quchgandi. SHundan beri "g'arbliklar"ga hech omad kulib boqmayapti.

Osiyo chempionlar ligasining barcha sovrindorlari

2002/03 y. G'olib - "Al Ayn" (BAA); finalchi - "Bek Tero Sasana" (Tailand)
2004 y. G'olib - "Al Ittihod" (S.Arabistoni); finalchi - "Seongnam Ilva CHunma" (J.Koreya)
2005 y. G'olib - "Al Ittihod" (S.Arabistoni); finalchi - "Al Ayn" (BAA)
2006 y. G'olib - "CHonbuk Xyunday" (J.Koreya); finalchi - "Al Karama" (Suriya)
2007 y. G'olib - "Urava Reds" (Yaponiya); finalchi - "Sepaxon" (Eron)
2008 y. G'olib - "Gamba Osaka" (Yaponiya); finalchi - "Adelaida Yunayted" (Avstraliya)
2009 y. G'olib - "Poxang Stilers" (J.Koreya); finalchi - "Al Ittihod" (S.Arabistoni)
2010 y. G'olib - "Seongnam Ilva CHunma" (J.Koreya); finalchi - "Zobaxan" (Eron)
2011 y. G'olib - "Al Sadd" (Qatar); finalchi - "CHonbuk Xyunday" (J.Koreya)
2012 y. G'olib - "Ulsan Xyunday" (J.Koreya); finalchi - "Al Ahli" (S.Arabistoni)
2013 y. G'olib - "Guangju Evergrand" (Xitoy); finalchi - "FK Seul" (J.Koreya)
2014 y. G'olib - "Vestern Sidney" (Avstraliya); finalchi - "Al Hilol" (S.Arabistoni)
2015 y. G'olib - "Guangju Evergrand" (Xitoy); finalchi - "Al Ahli" (BAA)
2016 y. G'olib - "CHonbuk Xyunday" (J.Koreya); finalchi - "Al Ayn" (BAA)
2017 y. G'olib - "Urava Reds" (Yaponiya); finalchi - "Al Hilol" (S.Arabistoni)
2018 y. G'olib - "Kashima Antlers" (Yaponiya); finalchi - "Persepolis" (Eron)

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика