So’nggi yangiliklar

01:46"Фулхэм" стадион трибунасида очиқ бассейн қурмоқчи  0 01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  0 00:52Италиялик жаҳон чемпиони Қозоғистонга ташриф буюрди  0 00:35Роналдунинг либосини кийган таниқли блогер Мессига алоқадор ресторандан ҳайдаб юборилди  7 00:18Вадим Абрамов: Самарқанд — иккинчи пойтахт. Шундай экан, бу ерда яхши жамоа бўлиши керак"  6 23:37БАА футбол федерацияси ёшини сохталаштирган 18 нафар мисрлик футболчини депортация қилди  1 23:10Веско Стешивич: "Биринчи бўлимда яна битта гол урганимизда, ғалаба бизники бўларди"  0 22:40Мексикадаги матбуот анжуманида бутун жамоа иштирок этиб, мухлислардан узр сўради  1 22:23Клублар миқёсида халқаро турнирларда энг кўп “қуруқ” ўйин ўтказган дарвозабонлар маълум бўлди  0 22:06Роналду Саудия Арабистони чемпионатидаги энг омадсиз ҳужумчи бўлиб турибди  32 21:49Уругвай термаси техник ҳамкорсиз қолди, жамоа брендсиз либосларда ўйнамоқда  2 21:26Суперлига. "Динамо" — "Металлург" 2:1. Highlights  0 21:07"Бухоро" ва "Хоразм" ўртасидаги марказий учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  2 20:57Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўйинда Қирғиз Республикасини мағлуб этди  0 20:56Суперлига. "Динамо" "Металлург" устидан мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  24

OCHL. Bahrom Hakimov “Nasaf” va “Paxtakor” o'yini oldidan nima deydi? Yangiliklar

OCHL. Bahrom Hakimov “Nasaf” va “Paxtakor” o'yini oldidan nima deydi?

Malumki, bugun “Nasaf” va “Paxtakor” klublari osiyo chempionlar ligasida navbatdagi tur o'yinlarini o'tkazadi.
Qarshida “Al ahli” “Nasaf” bilan kuch sinashsa, “sherlar” BAAda “Al Ayn” mehmoni bo'ladi. Mazkur uchrashuvlar oldidan biz taniqli mutaxassis Bahrom Hakimovning fikrlarini bilishga qiziqdik.

- “Nasaf”ning orqasida yo'l yo'q. Qarshiliklar bugun o'z maydonida o'ynaydi. SHunday ekan ular faqat g'alaba qozonishi kerak. Aks xolda, imkoniyatlar keskin pasayib ketadi. Buni jamoa azolari ham yaxshi tushunib turgan bo'lsa ajab emas. Bilaman Qarshida bugun muxlislarning stadionga tashrifi juda ko'p bo'ladi. Bu esa yigitlarga ruhiy tasir o'tkazadi. Umid qilamanki, “Nasaf” bugun yutqazmaydi.

- “Paxtakor” haqida nima deyishim mumkin? Bu jamoa o'z maydonida qimmatli ochkoni boy berib, qiyin vaziyatga tushib qoldi. Lekin “sherlar”ning oxirgi marta “Buxoro” bilan o'ynaganida TV orqali o'yinini ko'rgandim. Nazarimda futbolchilarning xarakat chakki emas. SHaxsiy fikrimni aytadigan bo'lsam, “Paxtakor”da ko'proq Iskanderov, Sergeev, Kozak va Maxaradzega ko'p narsa bog'liq. Aynan ular jamoa g'alabasini taminlaydigan darajaga chiqdi. Lekin OTJ safida Iskanderov va Sergeev o'zini unchalik ko'rsata olmadi. Yoshlarda barqarorlik bo'lmaydi. Ehtimol ular bilan ham shunday xolat uchrayotgandir.

- Nima bo'lganda ham bugun xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qiladigan klublarimizga omad yor bo'lishini tilayman – deydi Bahrom Hakimov.


Islombek Rustambekov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика