So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

OCHL. Andrey Fyodorov: "Ertaga O'zbekiston uchun ham g'alaba qozonishimiz zarur" Yangiliklar

OCHL. Andrey Fyodorov: "Ertaga O'zbekiston uchun ham g'alaba qozonishimiz zarur"

OCHL-2019 guruh bosqichi 6-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" – "Ar Rayan" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Andrey Fyodorov va himoyachi Islom To'xtaxo'jaev ishtirok etdi.

OCHL-2019. Nima uchun "Lokomotiv" so'nggi turda g'alaba qozonishi shart?

"Guruhdan kimlar chiqdi va kimlar qolib ketganini tushunib turibmiz. Ammo, biz professionalmiz, shu bois guruhni yaxshi natija bilan tugatishni istaymiz. Bundan tashqari, OCHL kvotalari uchun ham g'alaba qozonishimiz kerak. Ertaga nafaqat o'zimiz balki O'zbekiston uchun ham g'alaba qozonishimiz zarur", - dedi Andrey Fyodorov.


"Ertaga o'zbek futboli uchun o'yin bo'ladi. Bu ochkolarni qo'lga kiritishimiz shart. Muxlislar kelib bizni qo'llab turishadi deb umid qilaman", - dedi Islom To'xtaxo'jaev.

- Aynan "Ar Rayan" bilan safardagi o'yindagi mag'lubiyat "Lokomotiv"ning guruhda qolib ketishiga sababchi degan fikrga qo'shilasizmi?

Andrey Fyodorov: - Yo'q. Sababi bu o'yin 2-turda edi. Undan keyin 4ta uchrashuv bor edi. Xatto o'tgan turda "Al Vahda" bilan o'yinda ham imkoniyat bor edi.

- O'tgan tur "Al Vahda" bilan o'yinni yaxshi boshladinglar, gol urdingiz, biroq shundan keyin gollar o'tkazildi...

Andrey Fyodorov: - Umuman olganda guruhdagi barcha o'yinlarni yaxshi boshladik. Biroq, negadir keyin siz aytgandek ishlarimiz yaxshi ketmadi. Futbolchilardan sababini so'rasak ayta olishmaydi, bu hayot, unda xatolar bo'lib turadi.

- Ertangi o'yinda futbolchilardagi motivaciya faqat OCHL kvotalari uchunmi?

Islom To'xtaxo'jaev: - Albatta buning uchun ham. Biz qo'lga kiritadigan ochkolar O'zbekiston uchun yordam bersa bundan xursand bo'lamiz. Har bir futbolchi Osiyo chempionlar ligasida o'ynashni istaydi. SHu bois motivaciya borasida muammo bo'lmaydi.


Andrey Fyodorov: - Bu OCHL, unda doim ham o'ynayvermaysiz. SHu bois bu musobaqada motivaciya topa olmasak uyog'ini gapirmasak ham bo'ladi.

- Davron Hoshimov diskvalifikaciya tufayli o'ynamaydi. Boshqa yo'qotishlar yo'qmi?

Andrey Fyodorov: - Yo'q, qolgan barcha futbolchilar soppa-sog' va ertangi bahsga tayyor.


OCHL. Jilson Da Souza: "Guruhdagi eng yaxshi jamoa "Lokomotiv" edi..."

Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика