So’nggi yangiliklar

15:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичига қачон қуръа ташланади?  0 15:32УEФА президенти: "Албатта, Родри "Олтин тўп"га лойиқ эди"  4 15:10"Машъал" 2 нафар тажрибали футболчи билан шартнома тузди  0 14:51"Сурхон" "ФарДУ"га имкониятни бой берди  0 14:35"Контега қарши битта ўйин бир йиллик тажрибага тенг"  0 14:08Гвардиола олдида катта танлов: "Сити"да қолиш ёки янги чақирувни қабул қилиш  29 13:39"Челси" "Барселона" аъзоси учун 30 млн евро тўлашга тайёр  2 13:12Ўзбекистон U-20 терма жамоаси устози: "Пенальтилардан фойдаланишни кўп маротаба машқ қилгандик"  24 12:58Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси "Бунёдкор"да иш бошлади  0 12:30"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Ҳусановни мақтади  17 12:03Слот – Гвардиолани АПЛнинг бир мавсумида икки марта мағлуб этган "Ливерпул"нинг биринчи мураббийи!  6 11:37"Барселона" 80 млн еврога баҳоланаётган туркиялик футболчига қизиқмоқда  6 11:09Хаби Алонсо – рекордчи!  1 10:41А Серия тўпурарларидан бирига «Арсенал» ва «Ливерпуль» асосий даъвогар  0 10:07Ўртоқлик учрашуви. «Насаф» «Шахтёр»ни мағлуб этди  4

OCHL. "Navbahor" bir kishi kam "Al Vakra"ni qo'shimcha bo'limlarda mag'lub etib, guruh bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi! Yangiliklar

OCHL. "Navbahor" bir kishi kam "Al Vakra"ni qo'shimcha bo'limlarda mag'lub etib, guruh bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi!

OCHL saralashi doirasidagi "Al Vakra" - "Navbahor" uchrashuvi yakunlandi!

"Al Janub" stadioni | 20:30

"Al Vakra" - "Navbahor" 0:1

Gollar: Doniyor Abdumannopov 98'

"Al Vakra": 99. Omar al-Said, 12. Murod Naji, 2. Lukas Mendes, 4. Trent Seynsberi, 5. Ahmad Hasaba (7. Rabex Bussafi 64'), 11. Ayub Assal (21. Holid Munir 86'), 17. Xazem SHexata (3. Holid Yussuf SHurrab 18'), 8. Hamdi Fatxi, 10. Gelson Dala, 23. Ahmad El Sayed (34. Nabil Irfan 85'), 9. Muhammad Benyettu (28. Yusuf El Yatib 85').

Zaxiradagilar: 1. Muhammad al-Bakri, 16. Ibrohim al-Sodiq, 19. Muhammad Holid, 20. Nosir al-Yazidi, 22. Saud Xatir.

"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 13. Filipp Ivanovich, 22. Igor Golban, 5. Milosh Milovich (27. SHahboz Jo'rabekov 90+5'), 6. Ibrohim Yo'ldoshev, 14. Jamshid Boltaboev, 17. Abror Ismoilov (19. Doniyor Abdumannopov 76'), 23. Yovan Jokich, 21. Temurxo'ja Abduxoliqov, 77. Asadbek Sobirjonov (8. Jasur Yaxshiboev 108'), 91. Toma Tabatadze (10. Jamshid Iskanderov 79').

Zaxiradagilar: 12. Ignatiy Nesterov, 16. J Bo'riev, 20. Muzafffar Mo'minov, 24. Davron Hoshimov, 31. Luka CHermel, 4. Azimjon Ahmedov, 98. Davronbek Olimjonov

Ogohlantirishlar: Milosh Milovich 33', Igor Golban 55', Holid Yussuf SHurrab 60', 80', Doniyor Abdumannopov 83', Jamshid Boltaboev 116'

CHetlatish: Holid Yussuf SHurrab 80'

Al-Wakrah

AFC Champions League Qualification . Final-tur

22/08/2023, 21:30

1
:
0
Finished AET

Navbahor Namangan

Doniyor Abdumannopov - 98'

45'
90'
120'
80'  Khald Youssef Shurrab
98'  Doniyor Abdumannopov


120+2. O'yin yakunlandi! "Navbahor" guruh bosqichida!

120. Yana 2 daqiqa qo'shib berildi.

119. Holid Munirning bosh bilan bergan zarbasini Yusupov qaytardi.

106. Jo'rabekovning uzatmasi raqib futbolchisiga tegib maydonni tark etdi. Sal qolsa avtogol ham bo'lishi mumkin edi.

106. To'rtinchi bo'limga start berildi!

105+1. Qo'shimcha bo'limlarning dastlabkisi yakunlandi.

105. Uchinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

103. Vakillarimiz gol urgach yanada faollashdi. SHu bilan birga, ehtiyotkorlikni ham unutmaslik zarur.

Doniyor Abdumannopov o'tkir burchakdan zarba berdi va darvozani ishg'ol qildi!

98. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Navbahor" uchrashuvda hisobni ochdi!

91. "Navbahor" ancha faol boshladi. Avvaliga, Jo'rabekovning zarbasini raqib futbolchisi qaytargan bo'lsa, Jokichning zarbasi noaniq bo'ldi.

91. Qo'shimcha bo'limlarning birinchisiga start berildi!

O'yinning asosiy vaqtidagi statistika:

90+5. O'yinning asosiy vaqti yakunlandi! Navbat qo'shimcha bo'limlarga!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Lukas Mendesning zarbasi ham noaniq bo'ldi.

87. Jamshid Iskanderovning darvoza tomon yo'llagan zarbasini raqib posboni ushlab oldi.

83. Sobirjonov ajoyib pas bilan Abdumannopovn oldinga boshladi, darvozabon va Doniyor to'qnashib ketishdi.

80. Zaxiradan maydonga tushgan Holid Yussuf SHurrabga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatildi va "Al Vakra" bir kishi kam bo'lib qoldi!

74. Rabexning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

68. Jamshid Boltaboev raqib jarima maydonchasiga kirib borib zarba berdi, ammo bu safar ham noaniq...

67. Abror Ismoilovning darvoza tomon yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.

65. Tabatadzening tepgan to'pi ham noaniq bo'ldi.

64. Yo'ldoshev navbatdagi jarima zarbasidan to'pni to'g'ri darvozaga yo'lladi, yana noaniq ketdi.

62. Ibrohim Yo'ldoshevning jarima zarbasidan uzatgan to'piga hech kim zarba berolmadi. 

60. Ayub Assalning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

54. Asadbek Sobirjonov va Jamshid Boltaboevning zarbalarini raqib himoyachilari qaytarib qolishdi.

51. Ismoilov darvozaga zarba bermoqchi bo'lib, to'pni tepishga intildi, biroq raqib futbolchisi to'pga birinchi tegdi, Ismoilovning oyoqlari raqib o'yinchisining oyog'iga tegdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'limdan keyingi statistika:

45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

45. Yusupov!!! Hamdi Fathining chamasi 23 metrlardan tepgan to'pi darvozani to'g'ri to'qqizligiga borayotgandi, bu vaziyatda O'tkir Yusupov super seyv ko'rsatib, jamoasini muqarrar goldan qutqardi!!!

42. Temp biroz tushdi. 

34. Jarima zarbasidan havolatib uzatilgan to'pni Muhammad Benyettu boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'p biroz noaniq ketdi.

33. Ayub Assal o'ng qanotdan oldinga o'tdi, uni Milosh Milovich to'xtatdi. Hakam Milovichga sariq kartochka ko'rsatdi, "Navbahor" jarima maydonchasi tashqarisidan esa jarima zarbasi belgilandi.

30. Yana "Navbahor" jarima maydonchasida xavfli vaziyat: bu safar Lukas Mendes zarba yo'lladi, O'tkir Yusupov yana o'z o'rnida!

29. Ahmad Hasabaning jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan zarbasini Yusupov qaytardi.

22. Bahs asosan maydon markazida kechmoqda.

18. "Al Vakra" jamoasida navbatdagi o'zgarish: Xazem SHexata jarohat olib maydonni tark etdi, o'rniga Holid Yussuf SHurrab o'yinga qo'shildi.

17. Yo'ldoshevning jarima zarbasidan uzatgan to'piga hech kim zarba berolmadi, to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

15. O'yin tempi yuqori emas, har ikki jamoa ham navbati bilan hujumlar tashkil qilish harakatida.

9. Tabatadzening jarima zarbasidan yo'llagan kuchli zarbasini raqiblar posboni arang qutqardi.

8. Havolatib uzatilgan to'pga Muhammad Benyettu tanasi bilan zarba berdi, noaniq bo'ldi.

4. Bahsning ilk daqiqalari anchagina faol boshlandi. Ikki jamoa vakillari ham hujumlarga o'tish harakatini boshlab yubordi. SHu bilan birga, ehtiyotkorlik ham esdan chiqmayapti.

1. O'yin boshlandi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика