OCHL. "Al Nasr" - "Lokomotiv". Bugungi tadbir haqida
19 apr 2016 14:03
Yangiliklar
OCHL. "Al Nasr" - "Lokomotiv". Bugungi tadbir haqida
Bugun biz istiqomat qilayotgan "Movenpick" mehmonxonasida menejerlar hamda uchrashuv rasmiylari ishtirokida ananaviy miting tashkil qilindi. Unga ko'ra, ertangi o'yinda kimning qaysi libosda to'p tepishi belgilab olindi.
Demak, "Lokomotiv" futbolchilari oq, "Al Nasr" o'yinchilari esa ko'k rangli liboslarda harakat qilishadi. Mazkur bahsni Kaxi Maxaradze sariq kartochkalar tufayli o'tkazib yuboradi. U Toshkentda qolgan. Mezbonlar safida esa bunday futbolchi yo'q.
Bugungi tadbirda uchrashuv komissari yana bir narsani malum qildi. Yani, "Al Nasr" - "Lokomotiv" bahsi OFK sobiq bosh direktori Dato Sri Pol Samuelning vafoti munosabati bilan bir daqiqalik sukut saqlash bilan start oladi.
Bugun "Lokomotiv" o'yin bo'ladigan stadionda mashg'ulot o'tkazadi. Mashg'ulot mahalliy vaqt bilan 18:00da boshlanadi. Ertangi uchrashuv ham shu vaqtda start oladi.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar