So’nggi yangiliklar

09:57Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Ироққа қарши ўйнайди   1 09:21Кеча жароҳат олган Шукуров ижтимоий тармоқдаги саҳифасида пост қўйди  6 08:41Sofascore. Кечаги учрашувда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  17 08:10ЖЧ-2026 саралаши. Винисиус пенальтидан гол ура олмади, Месси ва Аргентина эса сафарда Парагвайга ютқазди  3 07:54Ҳамид Саҳари Қатар-Ўзбекистон учрашуви учун карикатура чизди  25 07:24Марко Матерацци: "Златан ўзини энг зўри деб ҳисоблайди, лекин ундай эмас"  1 02:50Миллатлар лигаси. Италияда кичик, Англияда йирик ғалаба, Франция эса...  0 02:38Мана бу жиддий йўқотиш: Лаосда Шомуродовсиз ўйнаймиз  31 02:05Аҳмед Фатҳи: "Иккинчи бўлимда хатоларга йўл қўйдик, аммо ўйин сўнгида ғалабани илиб кетдик"  2 01:48Маркес Лопес: "Биринчи бўлимда барча жабҳаларда рақибдан устунроқ эдик"  15 01:44Аморим "Ипсвич"га қарши ўйинда МЮни бошқарадими?  0 00:55"Реал"нинг навбатдаги мураббийи аниқ...ми?  0 00:16Сречко Катанец: "Қандай қилиб сўнгги дақиқада оддий гол ўтказдик, буни билмайман" (тўлиқ)  114 23:54Катанец қўл остидаги иккинчи расмий мағлубият  81 23:35ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Сўнгги сонияда ютқаздик  91

OCHL. "Paxtakor" guruhdagi ikkinchi o'yinda ham mag'lubiyatga uchradi Yangiliklar

OCHL. "Paxtakor" guruhdagi ikkinchi o'yinda ham mag'lubiyatga uchradi

OCHLning guruh bosqichi 2-turi doirasidagi "Al Fayha" - "Paxtakor" bahsi yakunlandi.

"Al Fayha" - "Paxtakor" 2:0

3 oktyabr, 21:00

Gol: 1:0 — 10, Abdulhamid Sabiri, 2:0 — 71, Abdulhamid Sabiri. 

"Al Fayha": 28. Ahmad al-Kassar, 22. Muhammad al-Baqavi, 3. Gislan Konan, 4. Sami al-Haybari, 2. Muxir al-Rashidi, 17. Junior Sakala, 37. Rikardo Riller, 27. Sulton Mandash (19. Mhuammad Majrashi, 66), 8. Abdulrahmon al-Safari, 77. Abdulhamid Sabiri, 9. Antoni Nvakaeme.

Zaxiradagilar: 1. Abdulrauf al-Dahil, 12. Yusuf Haqavi, 66. Rakan Kaabi, 11. Holid Kaabi, 29. Navaf al-Xarti, 70. Abdulrahmon al-Anazi, 80. Osama al-Halaf, 99. Malik al-Abdulmanam, 33. Hussayn al-SHuvaysh, 98. Muhannad al-Qaydi.

"Paxtakor": 35. Sanjar Quvvatov, 3. Xojiakbar Alijonov, 30. Metyu Stinvorden, 88. SHahzod Azmiddinov, 34. Farruh Sayfiev, 7. Odiljon Hamrobekov, 27. Sardor Sobirxo'jaev (40. Kimi Merk, 76), 28. Diyor Xolmatov (2. Behruzbek Asqarov, 76), 17. Dostonbek Hamdamov (77. Dilshod Saitov, 62), 8. Azizbek Turg'unboev (11. Po'latxo'ja Xoldorxonov, 76), 19. Pshemislav Banashak (9. Mixail Kuxarchik, 46).

Zaxiradagilar: 1. Nikita SHevchenko, 36. Pavel Pavlyuchenko, 4. Doston Tursunov, 6. Muhammadali O'rinboev, 23. SHerzod Azamov

Ogohlantirish: Diyor Xolmatov (4), Muxir al-Rashidi (17), Farruh Sayfiev (56), Ahmad al-Kassar (77), Abdulhamid Sabiri (79), Rakan Kaabi (83), Odil Hamrobekov (90+5)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Al Fayha" futbolchisi bolaligida o'ziyurar mashinaga minish orzusini endi ro'yobga chiqardi. Unga shifkorlar ko'maklashib yubordi.

87. Alijonovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

81. Xoldorxonov o'yindan keyin qulog'i tinch turadigan jamoasining yagona vakili bo'lish imkoniyatidan foydalana olmadi.

75. Hali vaqt bor, shunday ekan, "Paxtakor"dan Superligadagi jasoratni kutib qolamiz.

71. GOL! Abdulhamid Sabiri o'zbekistonlik muxlislarga sabr tilagan holda dublga erishdi! Kayfiyatni tushirmaymiz, o'rganib qoldik-ku.

71. Kuxarchik bejizga olib kelinmagan ekan. Ofsaydda qolgani mayli, 5 metr masofadan 5 metr balandlikka zarba berishni barchayam eplayvermaydi.

67. Sami al-Haybari raqib hujumini qaytarishda faol harakat qildi. Faol o'ynayotgan himoyachini Saudiyada sartaroshlardan boshqa barcha ezozlasa kerak.

62. Dastlab Kuxarchik, so'ngra Alijonovning zarbasidan so'ng Ahmad al-Kassar to'pni o'tkazmadi. Mezbonlar darvozasi ishonchli tarzda qurilgani ko'rinib turibdi. Menimcha, raqib posbonini ko'prik qurish va mustahkamligini taminlash uchun jalb etsa bo'larkan.

56. Hakam Sayfievga qarata "Senda sariq bog'ich bo'lsa, menda shu rangdagi boshqa buyum bor", deya o'sha buyumini yuqoriga ko'tarib, himoyachimizga namoyish etdi.

50. Turg'unboev "Paxtakor" muxlislariga to'p sovg'a qildi.

47. Stadiondan noroziman. Menimcha, maydon belgilangan normadan kamroq metr hajmda qurilgan. Bo'lmasa, nega futbolchilarimizning uzatmasi jarima maydoniga etib bormasdan maydon tashqarisiga chiqib ketaveradi.

46. Qadrli futbol ishqibozlari, kayfiyatni yaxshi holatga keltirib olamiz. Tanaffusda uyimda atigi bitta tarelka darz ketdi hamda balkon derazasidan avval mushuk, uning ketidan uyda kiyishga mo'ljallangan oyoq kiyimining bir poyi parvoz qildi. Bor-yo'g'i shu. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim noxush kayfiyatda yakunlandi. Agar tanaffusda o'zimga kelmasam, ikkinchi bo'limni televizorda tomosha qila qoling.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Sayfievning uzatmasidan so'ng Banashak o'qdek otilib, havoga bosh bilan zarba berib, darvozani ishg'ol etdi, to'p esa undan o'tib ketdi.

41. Alijonovning uzatmasiga sheriklari samolyot parvoziga termulgandek nazar soldi.

37. Sayfiev basketbol sport turida uch ochko beradigan uzatma amalga oshirdi. Raqib posboni erkin zarba bilan to'pni o'yinga kiritadi.

34. Nvakaemening tepgan to'pini tutib olgan kishiga o'sha to'p sovg'a qilinadi.

33. Takroriy vaziyat namoyish etilmoqda, deb o'ylabman, biroq Turg'unboev boshqa hujum ishtirokchisiga aylangan ekan. 

30. Xolmatovning pasiga etolmagan Turg'unboev necha yillardan beri aytiladigan o'qituvchilarning oyligini oshirish to'g'risidagi qarorga reakciya bildiradigan qiyofaga kirdi.

26. Turg'unboevning bosh bilan yo'llagan zarbasi yo yuqorilab ketdi, yo darvoza kaltalik qildi.

23. Jarima maydoni ichida futbolchilar to'planib olib, GMga navbatini kutgandek to'pni kutib turibdi. Sabiri esa maydon burchagida ularga tasalli berib turibdi.

19. Turg'unboevning jarimadan yo'llagan zarbasi yana biroz kuchli bo'lganida, jonli devorda turgan raqib futbolchisining qiyofasi naq SHrek kabi ko'rinish olgan bo'lardi.

17. Alijonovda 9 metr masofadan biroz avval o'ziga nisbatan qo'pollik ishlatgan raqibini momosini yodga olishga majbur qilish imkoniyati mavjud.

10. GOL! Abdulhamid Sabiri ajoyib zarba bilan to'pni raqib darvozasiga, hali yutib ulgurmagan suvimni esa polga tushishiga sababchi bo'ldi.

9. GOL! Nvakaeme "Paxtakor" darvozasini ishg'ol qildi, ammo yon hakam archa panasidan yugurib chiqadigan soha vakillariga o'xshash harakat amalga oshirgani sababli gol inobatga olinmadi.

7.  "Al Fayha" futbolchisining zarbasi ko'zlarimni yumib olganim uchun men uchun umuman xavfli tuyulmadi.

4. Xolmatov hisobni ochdi, faqat ogohlantirish bo'yicha.

1. Uchrashuv bosh hakami qo'lidagi soati qarab, Green Card dasturi ochilishiga qancha vaqt qolganini chamalab ko'rdi va ulgurarkanman deya o'yinga start berdi.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun mamlakatimiz sharafini xalqaro maydonda himoya qiladigan "Paxtakor" klubi o'z uchrashuvini o'tkazadi. 

Reyting: -81   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика