So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

OCHL. “Al Ayn” o'zbek klublariga qarshi o'z maydonida qanday o'ynagan? Yangiliklar

OCHL. “Al Ayn” o'zbek klublariga qarshi o'z maydonida qanday o'ynagan?

Teglar :  Al AynLokomotiv
Bugun Osiyo chempionlar ligasining chorak final doirasida “Al Ayn” va “Lokomotiv” o'rtasidagi dastlabki o'yin bo'lib o'tadi.

Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 19:30 (Toshkent vaqti bilan 20:30)da start oladi.

BAAning “Al Ayn” klubi qitadagi nomdor klublar sirasiga kiradi. Ular 2003 yilgi OCHLda birinchi o'rinni qo'lga kiritishgan. Xo'sh, bu jamoa bungacha o'z maydonida O'zbekiston klublariga qarshi qanday o'ynagan?

Avvalo shuni aytish lozim, “Al Ayn” o'z uyida bizning jamoalarga qarshi hozircha to'rt marta o'ynagan bo'lib, bugun beshinchi uchrashuvni o'tkazadi. Statistikaga qaraydigan bo'lsak, “Al Ayn” maydonidan faqat “Paxtakor” 2010 yil 1:0 hisobida g'alaba qozonib ketgan va o'yindagi yagona golni hozir “Loko”da to'p surayotgan Artur Gevorkyan kiritgan.

Nasib qilsa, bugun “Loko” ham bu erdan g'alaba bilan qaytishga harakat qiladi. Xuddi olti yil oldin bo'lgani kabi Gevorkyan bugun ham to'p kiritsa ajab emas. SHunday ekan, “temiryo'lchilar”ga faqat va faqat omad tilab qolamiz. Quyida esa “Al Ayn”ning o'z maydonida o'zbek klublariga qarshi bahslarini keltirib o'tamiz.

OCHL-2006. Guruh bosqichi
6-tur. 28 may, 2006.
“Al Ayn” – “Mashal” 2:1


OCHL-2010. Guruh bosqichi
1-tur. 24 fevral, 2010.
“Al Ayn” – “Paxtakor” 0:1
Gol:
Gevorkyan, 60.

OCHL-2015. Guruh bosqichi
4-tur. 7 aprel, 2015.
“Al Ayn” – “Paxtakor” 1:1
Gol:
Kembo Ekoko, 20 – Sergeev, 45+2.

OCHL-2016. Guruh bosqichi
6-tur. 3 may, 2016.
“Al Ayn” – “Nasaf” 2:0
Gol:
Asprilla 39, Ahmad 90.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика