OCHL. 5-turdan keyin guruhlardagi vaziyatlar haqida
21 apr 2016 13:18
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/205603_original.jpg)
![](/upload/storage/205603_220.jpg)
OCHL. 5-turdan keyin guruhlardagi vaziyatlar haqida
Biz G'arb mintaqasidagi har bir guruhdagi vaziyatga batafsil to'xtalib o'tamiz.
"A" guruhida Toshkentning "Lokomotiv" klubi kecha safarda "Al Nasr" bilan durang o'ynadi. 9 ochko to'plagan "temiryo'lchilar" hamon guruhda peshqadam bo'lib turishibdi. Jamoa so'nggi turda o'z uyida "Al Nasr"ga qarshi o'tkazadi. Raqib 8 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etib turibdi. Kecha "Al Ittihod" va "Sepaxon"ni 4:0 hisobida taslim qildi.
Oxirgi o'yinda "Lokomotiv" durang o'ynasa ham keyingi bosqichga chiqadi. G'alaba "Lokomotiv"ni guruh g'olibiga aylantiradi. Agar keyingi turda "Al Ittihod" ochko yo'qotsa "temiryo'lchilar" har qanday holatda ham 1/8 finalga chiqadi.
20 aprel
"Al Nasr" - "Lokomotiv" 1:1
"Al Ittihod" - "Sepaxon" 4:0
4 may
"Sepaxon" - "Al Ittihod"
"Lokomotiv" - "Al Nasr"
# | Jamoa | O' | YU | D | M | T-N | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Lokomotiv | 5 | 2 |
3 | 0 | 6-3 | 9 |
2 | Al-Nasr | 5 | 2 | 2 | 1 | 5-4 | 8 |
3 | Al-Ittihod | 5 | 1 | 3 | 1 | 7-4 | 6 |
4 | Sepaxon | 5 | 1 | 0 | 4 | 2-9 | 3 |
"B" kvartetidan o'rin olgan "Bunyodkor" klubi kechagi mag'lubiyatdan so'ng guruhda qolib ketishi oydinlashdi. Sergey Lushan boshchiligidagi jamoa 5ta turdan so'ng 2 ochko to'plab so'nggi pog'onada bormoqda. "Qaldirg'ochlar" so'nggi turni Qatarda "Lahviya" klubiga qarshi o'tkazishadi. Ushbu guruhdan "Zob Ahan" va "Lahviya" klublari keyingi bosqichga chiqib bo'lishdi.
20 aprel
"Bunyodkor" - "Lahviya" 0:2
"Zob Ahan" - "Al Nasr" 3:0
4 may
"Al Nasr" - "Zob Ahan"
"Lahviya" - "Bunyodkor"
# | Jamoa | O' | YU | D | M | T-N | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 |
Zob Ahan |
5 |
3 |
2 |
0 |
9-2 |
11 |
2 | Lahviya | 5 | 2 | 2 | 1 | 7-2 | 8 |
3 | Al-Nasr | 5 | 1 | 2 | 2 | 5-11 | 5 |
4 | Bunyodkor | 5 | 0 | 2 | 3 | 5-11 | 2 |
"C" guruhida BAAda g'olib bo'lgan "Paxtakor" guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qoldi. "SHerlar" 6-turni "Al Jazira"ga qarshi Toshkentda o'tkazishadi. Guruhdan chiqish uchun "Paxtakor"ning o'zi g'alaba qozonishi shart, bundan tashqari parallel tarzda o'tadigan o'yinda "Traktorsozi" "Al Hilol"ni mag'lub etishi kerak. Takidlash lozimki, "Traktorsozi" 12 ochko to'plab keyingi bosqichga chiqib bo'ldi.
19 aprel
"Al Hilol" - "Traktorsozi" 0:2
"Al Jazira" - "Paxtakor" 1:3
3 may
"Traktorsozi" - "Al Hilol"
"Paxtakor" - "Al Jazira"
# | Jamoa | O' | YU | D | M | T-N | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Traktorsozi | 5 | 4 |
0 | 1 | 9-1 | 12 |
2 | Al-Hilol | 5 | 2 | 2 | 1 | 8-6 | 8 |
3 | Paxtakor | 5 | 2 | 1 | 2 | 7-9 | 7 |
4 | Al-Jazira | 5 | 0 | 1 | 4 | 2-10 | 1 |
Bu guruhda Sardor Rashidovning "Al Jayish" klubi 4-turdan keyinoq keyingi bosqichga chiqib bo'lgandi. 5-turda jamoa o'z uyida "Al Ahli"ga 1:4 hisobida yutqazib qo'ydi. "Nasaf" o'z uyida "Al Ayn" bilan durang o'ynadi - 1:1. Ushbu durangdan so'ng "Nasaf" taqdiri o'z qo'lida emas. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari keyingi bosqichga chiqish uchun 6-turda "Al Ayn"ni safarda mag'lub etishi shart, shu bilan birga "Al Ahli" o'z maydonida "Al Jayish" bilan o'yinda ochko yo'qotishi (durang yoki mag'lubiyat) talab etiladi.
19 aprel
"Nasaf" - "Al Ayn" 1:1
"Al Jayish" - "Al Ahli" 1:4
3 may
"Al Ayn" - "Nasaf"
"Al Ahli" - "Al Jayish"
# | Jamoa | O' | YU | D | M | T-N | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 |
Al Jayish |
5 |
3 |
1 |
1 |
6-6 |
10 |
2 | Al-Ayn | 5 | 2 | 1 | 2 | 6-6 | 7 |
3 | Al Ahli |
5 | 2 | 0 | 3 | 8-7 | 6 |
4 | Nasaf | 5 | 1 | 2 | 2 | 4-5 | 5 |
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar