OCHL. 4-turdan keyin guruhlardagi vaziyatlar haqida
07 apr 2016 11:56
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/203950_original.jpg)
![](/upload/storage/203950_220.jpg)
OCHL. 4-turdan keyin guruhlardagi vaziyatlar haqida
Biz G'arb mintaqasidagi har bir guruhdagi vaziyatga batafsil to'xtalib o'tamiz.
"A" guruhida Toshkentning "Lokomotiv" klubi kecha o'z uyida "Sepaxon"ni mag'lub etib guruhdan chiqish imkoniyatini juda ham oshirib yubordi. 8 ochko to'plagan "temiryo'lchilar" ayni paytda guruhda peshqadam bo'lib turishibdi. Jamoa keyingi ikki o'yinni BAAning "Al Nasr" klubiga qarshi o'tkazadi. Raqib 7 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etib turibdi. Kecha "Al Ittihod" va "Al Nasr" o'zaro o'yinda durang o'ynashdi - 0:0.
Oxirgi ikki o'yinda "Lokomotiv" 2 ochko to'plasa keyingi bosqchiga chiqadi. Bitta g'alaba "Lokomotiv"ni guruh g'olibiga aylantiradi. Agar keyingi turda "Al Ittihod" ochko yo'qotsa "temiryo'lchilar"ga 1/8 finalga chiqish uchun so'nggi ikki bahsda 1 ochko ham etarli bo'ladi. Sababi ochkolar teng bo'lib qolgan taqdirda birinchi navbatda o'zaro o'yinlarga qaraladi.
Keyingi o'yinlar
20 aprel
"Al Nasr" - "Lokomotiv"
"Al Ittihod" - "Sepaxon"
4 may
"Sepaxon" - "Al Ittihod"
"Lokomotiv" - "Al Nasr"
# | Jamoa | O' | YU | D | M | T-N | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Lokomotiv | 4 | 2 |
2 | 0 | 5-2 | 8 |
2 | Al-Nasr | 4 | 2 | 1 | 1 | 4-3 | 7 |
3 | Al-Ittihod | 4 | 0 | 3 | 1 | 3-4 | 3 |
4 | Sepaxon | 4 | 1 | 0 | 3 | 2-5 | 3 |
"B" kvartetidan o'rin olgan "Bunyodkor" klubining imkoniyati juda past. Sergey Lushan boshchiligidagi jamoa 4ta turdan so'ng 2 ochko to'plab so'nggi pog'onada bormoqda. "Qaldirg'ochlar" navbatdagi ikki bahsni Qatarning "Lahviya" klubiga qarshi o'tkazishadi. Guruhdan chiqish uchun "Bunyodkor" ikkala bahsni ham yutishi shart va shu bilan birga "Al Nassr" ikki bahsda "Zob Ahan"dan 2 ochkodan ko'p olmasligi shart.
Keyingi o'yinlar
20 aprel
"Bunyodkor" - "Lahviya"
"Zob Ahan" - "Al Nasr"
4 may
"Al Nasr" - "Zob Ahan"
"Lahviya" - "Bunyodkor"
# | Jamoa | O' | YU | D | M | T-N | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 |
Zob Ahan |
4 |
2 |
2 |
0 |
6-2 |
8 |
2 | Lahviya | 4 | 1 | 2 | 1 | 5-2 | 5 |
3 | Al-Nasr | 4 | 1 | 2 | 1 | 5-8 | 5 |
4 | Bunyodkor | 4 | 0 | 2 | 2 | 5-9 | 2 |
"C" guruhida kecha Eronda mag'lub bo'lgan "Paxtakor"ning imkoniyati kamaydi. "SHerlar" 5 va 6-turni "Al Jazira"ga qarshi o'tkazishadi. Guruhdan chiqish uchun "Paxtakor" ikkala o'yinda ham maksimal ochko yig'ishi kerak. Bundan tashqari "Al Hilol" va "Traktorsozi" jamoalaridan biri ikkala bahsda ham mag'lub bo'lishi lozim.
Keyingi o'yinlar
19 aprel
"Al Hilol" - "Traktorsozi"
"Al Jazira" - "Paxtakor"
3 may
"Traktorsozi" - "Al Hilol"
"Paxtakor" - "Al Jazira"
# | Jamoa | O' | YU | D | M | T-N | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Traktorsozi | 4 | 3 |
0 | 1 | 7-1 | 9 |
2 | Al-Hilol | 4 | 2 | 2 | 0 | 8-4 | 8 |
3 | Paxtakor | 4 | 1 | 1 | 2 | 4-8 | 4 |
4 | Al-Jazira | 4 | 0 | 1 | 3 | 1-7 | 1 |
Bu guruhda Sardor Rashidovning "Al Jayish" klubi muddatdan avval keyingi bosqichga chiqdi. Sababi "Nasaf" ushbu jamoaga ochkolar bo'yicha etib olsa ham o'zaro o'yindagi natija tufayli undan tepaga chiqa olmaydi. "Ajdarlar"ning imkoniyati "Bunyodkor" va "Paxtakor"nikidan yaxshiroq. Sababi "Nasaf"ning keyingi bosqichga chiqishi faqat o'z qo'lida.
Keyingi o'yinlar
19 aprel
"Nasaf" - "Al Ayn"
"Al Jayish" - "Al Ahli"
3 may
"Al Ayn" - "Nasaf"
"Al Ahli" - "Al Jayish"
# | Jamoa | O' | YU | D | M | T-N | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 |
Al Jayish |
4 |
3 |
1 |
0 |
5-2 |
10 |
2 | Al-Ayn | 4 | 2 | 0 | 2 | 5-5 | 6 |
3 | Nasaf | 4 | 1 | 1 | 2 | 3-4 | 4 |
4 | Al-Ahli | 4 | 1 | 0 | 3 | 4-6 | 3 |
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar