So’nggi yangiliklar

09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  1 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  2 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  3 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  8 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  8 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3

OCHL. 4-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

OCHL. 4-tur ramziy terma jamoasi

7-8 aprel kunlari Osiyo chempionlar ligasining 4-tur bahslari bo'lib o'tdi.
"Nasaf" o'z uyida "Al Ahli"ga yutqazdi, "Paxtakor" BAAda "Al Ayn" bilan durang o'ynadi. "Lokomotiv" o'z muxlislari qarshisida "Al Sadd"ni tor-mor etdi. "Bunyodkor" esa Qatarda "Laxviya"ga mag'lub bo'ldi.
 
Biz esa saytimiz odatiga ko'ra, 4-turning ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.


Darvozabon
Akbar To'raev ("Bunyodkor")




To'g'ri bu turda to'rttala jamoamiz darvozabonlari yaxshi o'ynashdi. Lekin "Laxviya"ga qarshi o'yinning ikkinchi bo'limidagi harakatlari evaziga Akbar To'raevni ramziy terma jamoaga kiritishga qaror qildik. Akbar ushbu o'yinda jami 5 marta jamoani goldan qutqarib qoldi. O'tkazib yuborilgan yagona golda darvozabondan ko'ra himoyachilarning aybi ko'proq bo'lsa kerak.

Himoyachilar
Aleksandr Merzlyakov ("Paxtakor")
Nemanya Yanichich ("Lokomotiv")
SHerzod Azamov ("Nasaf")




Ramziy termaning himoyasiga uchta klubning uch nafar himoyachisini kiritdik. "Al Ayn"ga qarshi o'yinda o'zini ko'rsata olgan Aleksandr Merzlyakov hisobida golli pas ham bor. O'sha kuni Sasha o'z qanotida himoyada tartibli o'ynay oldi. SHerzod Azamov "Al Ahli"ga qarshi o'yinda Ahmad Halilga deyarli imkon bermadi. Natijada xavfli hujumchi jarima maydoni ichida deyarli hech nima qila olgani yo'q. "Lokomotiv" yirik hisobda g'alaba qozonishida Yanichichning xissasi juda katta bo'ldi. Bolqonlik futbolchi jarohatini davolab maydonga tushdi va raqibning bir qator hujumlarini to'xtatdi. Bitta vaziyatda esa darvozaga kirib ketayotgan to'pni darvoza chizig'idan qaytarishga muvaffaq bo'ldi.



Yarim himoyachilar
Sanjar SHoahmedov ("Lokomotiv")
Lutfulla To'raev ("Lokomotiv")
Javohir Sohibov ("Paxtakor")
Ikrom Aliboev ("Lokomotiv")



Yarim himoyachilar orasida bir yo'la uch nafar "temiryo'lchi" bor. Sanjar SHoahmedov OCHLdagi debyut golini urishga muvaffaq bo'ldi. Bundan tashqari Sanjarda yana bir gol urish uchun ajoyib imkoniyat bo'lgandi. Uning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi.



Yosh Ikrom Aliboev esa OCHLda ilk bor maydonga tushdi. U Abramovning ishonchini to'la oqladi deyish mumkin. Birinchi gol urilgan vaziyatda Bikmaev darvozabondan qaytgan to'pni darvozaga yo'lladi. O'sha zarbani aynan Ikrom bergandi. O'z ustida ishlashni to'xtatmasa Aliboev jamoaning asosiy o'yinchisiga aylana oladi. Lutfulla To'raev shu kuni asosan tayanch yarim himoyachisi rolida o'ynadi. U raqib hujumlarini to'xtatish va hujumlarni boshlashda faol o'ynadi. Uning aniq to'p uzatishlari jamoa yirik g'alabasiga katta xissa qo'shdi.



"Paxtakor" safida yana bir yosh futbolchi Osiyo maydonlarida o'zini ko'rsatishni boshladi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azosi hisoblangan Javohir Sohibov sekin asta "sherlar"ning asosiy tarkibiga kirib bormoqda. U "Al Ayn"ga qarshi o'yinda markazda raqibning tajribali futbolchilariga qarshi munosib o'yin ko'rsatdi.



Hujumchilar
Marat Bikmaev ("Lokomotiv")
Igor Sergeev ("Paxtakor")
Damir Koyashevich ("Lokomotiv")




Jarohatlar tufayli ko'p vaqt o'z o'yinini ko'rsata olmagan Marat Bikmaev Abramovning ishonchi orqali asosiy tarkibga kira oldi. Ko'pchilik kechagi bahsda Koryan va Abduxoliqovni asosiy tarkibda kutgandi. Ammo Bikmaev bejizga maydonga tushmaganligini ko'rsatdi. U birinchi bo'lim boshida ikkita gol urdi va SHoahmedov gol urgan vaziyatda golli pas oshirdi. O'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Marat haqli ravishda termadan o'rin oldi.

Zaxiradan maydonga tushgan Damir Koyashevich 15 daqiqa o'ynagan bo'lsa ham gol urdi va golli pas oshirishga ulgurdi. O'tgan turlarda ham gol urgan Damir jamoaga tezda moslashib keta oldi. Kechagi ajoyib o'yinda zaxiradan tushib jamoani yanada kuchaytira oldi.

Igor Sergeev "Al Ayn"ga qarshi bahsda 60 daqiqa o'ynadi. So'nggi paytlarda deyarli barcha o'yinlarda gol urayotgan hujumchi BAAda ham bitta imkoniyatdan so'ng bitta gol urdi. Bu gol "Paxtakor"ga ochko taqdim etgani bilan qadrli bo'ldi.




Bosh murabbiy
Vadim Abramov ("Lokomotiv")


Tur ramziy terma jamoasiga "Lokomotiv" bosh murabbiyi Vadim Abramovni murabbiy etib tayinlashga qaror qildik. Sababi Abramov o'tgan turdagi yirik mag'lubiyatdan so'ng jamoani Toshkentdagi o'yinga shu tarzda tayyorlay oldiki futbolchilar "Al Sadd" darvozasiga javobsiz 5t agol urishdi. Bundan tashqari Abramovning o'zgartirishlari ham samara berdi. Koryan va Koyashevich gol urishgan bo'lsa, Abduxoliqov golli pas oshirdi. Demak, Vadim Abramov - saytimiz talqiniga ko'ra OCHL 4-turida ramziy terma jamoa bosh murabbiyi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика