So’nggi yangiliklar

08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  2 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  1 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2

OCHL-2021. Zoran Yankovich: "Ilk turda bir ochko ishladik. Endi navbatdagi darajaga chiqishimiz kerak" Yangiliklar

OCHL-2021. Zoran Yankovich: "Ilk turda bir ochko ishladik. Endi navbatdagi darajaga chiqishimiz kerak"

OCHL-2021 sharq mintaqasi "I" guruhi ikkinchi turidan o'rin olgan "Kavasaki Fronatale" - "Beyjing Goan" uchrashuvidan oldin Xitoy klubi bosh murabbiyi Zoran Yankovich va futbolchi Guo Kuanbo fikrlarini bildirdi.

"Nafaqat birinchi balki asosiy jamoamiz uchun ham "Kavasaki Frontale"ga qarshi o'ynash oson bo'lmasdi. Tarkibda bor yigitlar bilan ertaga yaxshi o'yin ko'rsatishga, futbol o'ynashga harakat qilamiz. Ushbu turnirdagi ishtirok yosh futbolchilarimiz uchun tajriba va mahoratini oshirishga xizmat qiladi. Bunday imkoniyat taqdim etilganidan mamnunmiz",- deydi Zoran Yankovich.

- Yosh futbolchilarni kuchli raqiblarga qarshi tayyorlash qanday bo'lyapti?

- Bunday uchrashuvlarga ularni hozirlash har qanday murabbiy uchun qiyinchilik tug'dirishi tabiiy. Biz bu borada harakat qilamiz. Yana bir jihatni aytib o'tishim kerakki, raqib kuchli jamoa. Biroq biz birinchi bahsda nimalarga qodirligimizni ko'rsatdik. Ikkinchi o'yinda yanada yaxshiroq o'yin ko'rsatishni maqsad qilganmiz. Yosh futbolchilar diqqatni jamlashi osonmas. Ularni hali boladek, desam ham bo'ladi. Ularni ruhan tayyorlashga urg'u qaratmoqdamiz. 

- Savol futbolchiga. Jamoada yoshlar ko'p, lekin ular orasida sizga o'xshagan tajribali ijrochilar ham yo'q emas. Ertaga masuliyat sizning zimmangizga tushishi mumkin. Bunga tayyormisiz?

- Elkamda katta masuliyat borligini his qilib turibman. Yosh yigitlarga qo'ldan kelgancha yordam berishga harakat qilaman. Murabbiyning ko'rsatmalarini eslatib boraman. 

- "Kavasaki Frontale" kuchli raqib. Ayniqsa top darajadagi futbolchilarga ega. Ularga qarshi qanday qurol bilan maydonga chiqmoqchisiz?

- Musobaqadan oldin bu jamoa hech bo'lmaganda gol ura olarmikin, degan fikrlar yangragandi. Dastabki uchrashuvda qo'limizdan nimalar kelishini ko'rsatdik. Raqib darvozasini ishg'ol qilishga ham erishdik. Bundan ham ko'proq narsaga qodirligimizni namoyish qilmoqchimiz. 

- Ilk bahsda bir ochko qo'lga kiritildi.  Jamoa navbatdagi o'yinlarni balki to'liq o'z foydasiga hal qilishi mumkinmi? SHuningdek birinchi turda jamoa so'nggi daqiqalarda tempini tushirib yubordi. Buni qanday bartaraf etmoqchisiz?

- To'g'ri bir ochko qo'lga kiritdik. Endi yuqorida aytganimdek navbatdagi darajaga chiqishimiz kerak bo'ladi. Bu safar o'tgan o'yindagi kabi hamma narsani uddalay olsak maqsadimizga etgan bo'lamiz. Balki o'yinni oxiriga borib futbolchilarni bo'shashgani ularning yoshligi bilan bog'lash mumkin. Jismoniy tomondan to'liq tayyormiz. Qolgan jihatlarni sekin-asta ishlab boramiz. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика