So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

OCHL-2021. Zoran Yankovich: "Beyjing Goan" Toshkentga yoshlar bilan kelgan bo'lsa ham maqsadimiz har bir o'yinda yutish" Yangiliklar

OCHL-2021. Zoran Yankovich: "Beyjing Goan" Toshkentga yoshlar bilan kelgan bo'lsa ham maqsadimiz har bir o'yinda yutish"

OCHL-2021 guruh bosqichi doirasidagi "Yunayted Siti" - "Beyjing Goan" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Xitoy klubi bosh murabbiyi Zoran Yankovich ishtirok etdi.

"Biz Toshkentdagi markazlashgan OCHL bahslariga yaxshi maqsadlar bilan keldik. Klubimiz musobaqadagi eng yosh jamoalardan biri bo'ladi. Tarkibimizda akademiyamizdan ham futbolchilar bor. Bu ular uchun juda katta masuliyat va tajriba bo'ladi. O'ylaymanki musobaqa ularga yoqadi", - deydi "Beyjing Goan" bosh murabbiyi Zoran Yankovich.

"Hozirgina murabbiyimiz aytganidek jamoamiz juda yosh va bu narsa katta ahamiyat kasb etadi. Biz osiyoliklarmiz va yosh jamoa bo'lishimizga qaramay o'zimizni ko'rsatishga urinamiz", - deydi futbolchi SHaoven Liang. 




- Bu yil oldingi yillar bilan solishtirganda "Beyjing" juda yosh futbolchilar bilan ishtirok etadi. Musobaqada ishtirok etishdan maqsad faqat yoshlarga tajriba berishmi yoki boshqa maqsad ham bormi?

- To'g'ri biz yosh jamoamiz, ammo OCHL bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Juda ko'plab o'rtoqlik o'yinlari o'tkazdik. Bu musobaqa birinchi navbatda futbolchilar uchun oldinga tashlangan qadam bo'ladi. Lekin har qanday vaziyatda har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz.




- Futbolchilarda markazlashgan musobaqaga ko'nikma paydo bo'lganmi?

- Biz ikki hafta davomida Xitoyda o'tgan kubok musobaqasida aynan markazlashgan holda o'ynadik. Futbolchilarda bunga ko'nikma hosil bo'lgan. Bu narsa bizga OCHL bahslarida yordam beradi deb o'ylayman. Tarkibimizdagi besh nafar futbolchi Xitoy U-20 terma jamoasida ham o'ynaganini takidlashni istardim.




- Yaponiya va Janubiy Koreyaning kuchli klublariga qarshi o'ynaysiz. Sizdek yosh futbolchi uchun bu qanday ahamiyat kasb etadi? Bu o'yinlarga qanchalik tayyorgarlik ko'rdingiz?

SHaoven Liang: - Bu biz uchun katta chaqiruv, juda katta masuliyat. Yosh himoyachilarimiz uchun ham katta masuliyat. Nafaqat Yaponiya va Janubiy Koreya klublari, balki ertangi raqibimiz Filippinning "Yunayted Siti" klubi ham kuchli jamoa. Hozir bor etiborimizni aynan birinchi o'yinga qaratayapmiz. Ilk o'yinda qanchalik yaxshi o'ynasak o'ylaymanki keyinchalik o'yinimiz yanada kuchayib boradi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика