OCHL-2021. Masanobu Matsunami: "Hozir faqat guruh bosqichi haqida o'ylamoqdamiz"
24 iyu 2021 15:47
Yangiliklar
OCHL-2021. Masanobu Matsunami: "Hozir faqat guruh bosqichi haqida o'ylamoqdamiz"
Ertangi uchrashuvdan oldin bugun tashkil etilgan matbuot anjumanida "Gamba Osaka" jamoasi bosh murabbiyi Manasobu Matsunami va jamoa sardori Genta Miura fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"OCHLda Yaponiya nomidan ishtirok etmoqdamiz. Nafaqat guruh bosqichida, balki keyingi bosqichda ham yaxshi o'yin ko'rsatib sovringa ega chiqishni istaymiz. Musobaqada kuchsiz jamoa yo'q. Muxlislarda o'z o'yinimiz orqali iliq taassurot qoldirmoqchimiz. Biz faqat g'alaba haqida o'ylamoqdamiz. To'g'ri futbolchilarni o'zgartirishda, taktikada o'zgarishlar qilishimiz mumkin.
O'ziga yarasha maqsadlarimiz bor. Hozirda faqat guruh bosqichi haqida o'ylamoqdamiz. Ijobiy natija qayd etish uchun bor narsani ishga solamiz. Fursatdan foydalanib tashkiliy qo'mita azolariga, OFK va O'FAga minnatdorchilik bildiraman",- deydi Manasobu Matsunami.

"Murabbiyimiz aytganidek faqat g'alaba uchun to'p tepamiz. Tayyorgarligimiz maromida ketmoqda. Muxlislarni xursand qilmoqchimiz",- deydi Genta Miura.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar