So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  2 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  7 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

OCHL-2021. AGMK Iroq klubini mag'lub etsa "Al Garafa" bilan o'ynaydi Yangiliklar

OCHL-2021. AGMK Iroq klubini mag'lub etsa "Al Garafa" bilan o'ynaydi

2021 yilgi Osiyo chempionlar ligasi saralashida O'zbekiston chempionatida uchinchi o'rinni olgan AGMK klubi ishtirok etadi.

Olmaliq klubi guruh bosqichiga chiqishi uchun ikkita safar uchrashuvini o'tkazishi haqida kecha xabar bergandik.

Dastlab AGMK Iroq vice chempioni "Al Quva Al Javiya" klubiga qarshi safarda o'ynaydi. O'tgan yillarda o'zbek klubi dastlabki bosqichni o'z maydonida o'tkazardi, biroq bu yil Iroq OFK koefficientlar jadvalida O'zbekistondan tepaga chiqib olgani bois endi klubimiz safarda o'ynaydi.

Ushbu bahs g'olibi guruh bosqichiga chiqishi uchun Qatar klubi to'sig'idan o'tishi kerak bo'ladi.

Bu klub nomi kecha bo'lib o'tgan Qatar Amiri kubogi finalidan so'ng malum bo'ldi.

Finalda "Al Sadd" "Al Arabi"ni mag'lub etdi - 2:1. SHunday qilib, "Al Sadd" kubok sohibi sifatida OCHL guruh bosqichida o'ynaydigan bo'ldi. "Al Quva Al Javiya" - AGMK uchrashuvi g'olibi pley-offda Qatar Superligasida to'rtinchi o'rinni olgan "Al Garafa" klubiga qarshi safarda o'ynaydi.

Hozircha saralash bahslari va guruh bosqichi o'yinlari qachon bo'lib o'tishi aniq emas. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko'ra, saralash mart oyida o'tsa, guruh bosqichi aprel oyida boshlanadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика