OCHL-2020 saralash. Eron klublariga texnik mag'lubiyat yozilishi mumkin
21 jan 2020 21:35
Yangiliklar


OCHL-2020 saralash. Eron klublariga texnik mag'lubiyat yozilishi mumkin
Xabaringiz bor, bugun Osiyo chempionlar ligasi yangi mavsum guruh bosqichiga chiqish uchun 2-saralash raundi o'yinlari bo'lib o'tdi.
Malum sabablarga ko'ra, Erondagi bahslar o'tkazilmadi. Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev telegram'dagi sahifasi orqali bunga aniqlik kiritib o'tdi.
“OFK Eron klublarining 2-saralash bosqichidagi uy uchrashuvlarini 25 yanvar sanasi bilan Amirliklarga (BAA) ko'chirdi. Agar, “Istiqlol-Texron” va “Padidex” (“SHaxr Xadro”) ushbu qarorga rozi bo'lsa, u holda ular Amirliklarga uchib kelishi va o'yin o'tkazishi shart bo'ladi. Bordiyu, ular oldin aytilganidek, musobaqani boykot qilishga qatiy qaror qilishsa, unda jamoalarga texnik mag'lubiyat yoziladi. Voqealar rivojini kuzatamiz”, – deya qayd etgan Nikimbaev.
O’xshash yangiliklar
14:14
Xursandchilikdan keyingi "bo'shliq"ni to'ldirishi lozim bo'lgan Kapadze sevimli uslubiga qaytadimi?! 26

Fikrlar