So’nggi yangiliklar

15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  1 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  4 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  11 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  19

OCHL-2020. "Paxtakor" guruh bosqichini Toshkentda BAA klubiga qarshi o'yin bilan boshlaydi Yangiliklar

OCHL-2020. "Paxtakor" guruh bosqichini Toshkentda BAA klubiga qarshi o'yin bilan boshlaydi

Teglar :  PaxtakorOCHL-2020
Ertaga 2020 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

OFK xuddi o'tgan yillarda bo'lgani kabi O'zbekiston chempionini "B" guruhiga joylashtirishi aniq. Ushbu guruhda Saudiya Arabistoni hamda BAA klublari ham bo'ladi. So'nggi to'rtinchi klubi pley-off bosqichidan so'ng malum bo'ladi. "Paxtakor"ning guruhdagi raqiblari va ehtimoliy raqibi ertangi qura tashlash marosimidan so'ng malum bo'ladi.

Biroq guruh taqvimi allaqachon malum bo'lib ulgurgan. Unga ko'ra "sherlar" 1-turni Toshkentda BAA klubiga qarshi o'tkazishadi. So'ngra SHota Arveladze shogirdlari pley-off bosqichi g'olibi mehmoni bo'lishadi. 3 va 4-turlarda "Paxtakor" Saudiya Arabistoni klubi bilan bellashadi. Guruh bosqichini O'zbekiston chempioni o'z maydonida pley-off bosqichidan chiqqan klubga qarshi o'yin bilan tugatadi.

Agar "Lokomotiv" pley-offda Tojikiston va Saudiya Arabistoni klublarini mag'lub etsa "A" guruHidan joy oladi. Ushbu guruhda Iroq chempioni "Al SHorta" jamoasi bo'lish aniq. SHuningdek BAA klubi va yana bir pley-off bosqichi g'olibi ishtirok etadi.

"Bunyodkor" pley-offda Iroq va BAA klublari to'sig'idan o'ta olsa "D" kvartetidan joy oladi. Bu guruhda Eron, Qatar va Saudiya Arabistoni klublaridan biri bo'ladi.

2020 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 10 fevral kuni start oladi va 6 mayga qadar davom etadi.


OCHL-2020, "B" guruhi taqvimi
1-tur, 10 fevral

"Paxtakor" - BAA klubi

2-tur, 17 fevral
Pley-off g'olibi - "Paxtakor"

3-tur, 3 mart
Saudiya Arabistoni klubi - "Paxtakor"

4-tur, 6 aprel
"Paxtakor" - Saudiya Arabistoni klubi

5-tur, 21 aprel
BAA klubi - "Paxtakor"

6-tur, 5 may
"Paxtakor" - Pley-off g'olibi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика