So’nggi yangiliklar

10:22Анчелоттининг навбатдаги жамоаси қайси бўлиши очиқланди  1 09:25«Барселона»га қарши учрашувда қизил карточка олган «Реал» футболчиларининг тақдири маълум  13 08:57Луис Энрике Лондондаги ғалаба ҳақида фикр билдирди  1 08:26Артета мағлубиятдан сўнг нималар деди?  7 08:05ЕЧЛ. ПСЖ биринчи ўйинда ғалаба қозонди, "Арсенал"нинг голи ҳисобга олинмади  2 07:58Анчелоттининг Бразилия билан келишуви барбод бўлиши мумкин, Нега?  5 07:30Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади  0 01:54ЕЧЛ. ПСЖ Лондонда "Арсенал"ни таслим этди  101 00:30Вадим Абрамов: "Ҳар қандай ҳолатда ҳам биринчи ўринда қоламиз"  1 00:15"Ал Аҳли" "Ал Ҳилол" устидан ишончли ғалаба қозониб, Элит ОЧЛ финалига йўл олди!  28 23:50Февзи Давлетов: "Афсуски, йўл қўйган иккитагина хатомиз туфайли мағлуб бўлдик"  1 23:35Эрик Дайер "Бавария"ни тарк этади. Унинг кейинги жамоаси аниқ  1 22:49Мендининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  2 22:20Кетма-кет иккинчи мавсум Ўзбекистон Кубогининг амалдаги ғолиби гуруҳдан чиқа олмади  26 21:40"Лочин" бош мураббийи Сардор Тўхтаев: "Андижон" — бизни икки карра кўпроқ куч билан ўйнашга ундайдиган жамоа"  10

OCHL-2019. Nima uchun "Lokomotiv" so'nggi turda g'alaba qozonishi shart? Yangiliklar

OCHL-2019. Nima uchun "Lokomotiv" so'nggi turda g'alaba qozonishi shart?

Keyingi hafta boshida qitamiz yashil maydonlarida Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Osiyoning klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqasi guruh bosqichida bu yil "Paxtakor" va "Lokomotiv" klublari ishtirok etishdi.

SHota Arveladze boshchiligidagi "sherlar" so'nggi tur oldidan 8 ochko bilan o'z guruhida ikkinchi o'rinda bormoqda.

"Paxtakor" dastlabki turda Eronda "Persepolis" bilan durang o'ynab qaytgandi (1:1). So'ng o'z maydonida "Al Ahli"ni Bikmaevning goli evaziga mag'lub etdi. "Al Sadd"ga qarshi Toshkentdagi bahsda 2:2 hisobida durang qayd etildi. Qatarda esa so'nggi daqiqalardagi xatodan so'ng 1:2 hisobida imkoniyat boy berildi. Nihoyat beshinchi turda Toshkentda Igor Sergeevning goli evaziga "Persepolis" taslim etildi.

Endi jamoamiz oxirgi turda Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi bilan safardagi o'yinda kamida durang o'ynasa ham navbatdagi bosqichga yo'l oladi.



"Lokomotiv" esa afsuski so'nggi turdan oldin keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini yo'qotib bo'ldi. "Temiryo'lchilar" beshta uchrashuvda bittagina g'alaba va bitta durang qayd etishdi. Qolgan 3ta uchrashuvda imkoniyat boy berildi. 4 ochko to'plagan "Lokomotiv" keyingi hafta o'z maydonida Qatarning "Ar Rayan" klubini qabul qiladi. Albatta musobaqa nuqtai nazaridan olib qarasak bu bahs aslida hech nimani hal qilmaydi. Sababi xuddi O'zbekiston chempioni kabi "Ar Rayan"ning ham keyingi bosqichga chiqa olmasligi aniq bo'lib ulgurgan. Qatarliklar 5ta turdan so'ng 3 ochko to'plashgan.



Biroq mazkur bahsda "Lokomotiv" nafaqat o'zi, balki O'zbekiston uchun o'ynashi va albatta g'alaba qozonishi shart. Savol tug'ilishi mumkin nega rasmiyatchilik uchun o'tadigan bahsda "Lokomotiv" g'alaba qozonishi shart?

CHunki OFKning Osiyo chempionlar ligasiga kvota ajratish uchun maxsus klublar reytingi bor. Ushbu reytingda ayni paytda O'zbekiston G'arbiy mintaqada oltinchi o'rinda bormoqda hamda Iroq bilan raqobatlashmoqda. Iroq hozirgi kunda bizdan 1 ball ko'proq to'plagan holda beshinchi o'rinni egallab turibdi. G'arbiy mintaqada beshinchi o'rinni olgan mamlakat 2021 va 2022 yillarda OCHLda 1+2 kvotasiga ega bo'ladi. Yani 1ta klub to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichida, ikki klub esa pley-offda ishtirok etadi. Oltinchi o'rindagi davlat esa mana shu yillar uchun 1+1 kvotasiga ega chiqadi. Agar shunday bo'lsa Osiyo chempionlar ligasida O'zbekiston chempioni guruh bosqichiga yo'llanma olsa, O'zbekiston kubogi sohibi esa pley-offda o'ynaydi. Yani vice-chempion ikki yil davomida xalqaro musobaqada ishtirok etmaydi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston uchun 2019 va 2020 yilgi mavsum uchun 1+2 kvotasi berilgan. Bu yil oxiridagi reytingga qarab navbatdagi ikki yil uchun kvotalar ajratiladi.

"A" guruhida ishtirok etayotgan Iroqning "Al Zavra" klubi keyingi bosqicha chiqish imkoniyatlarini yo'qotib bo'ldi. Biroq so'nggi turda jamoa xuddi o'zi kabi guruhda qolib ketishi aniq bo'lgan BAAning "Al Vasl" klubi mehmoni bo'ladi. Agar bu bahsda "Zavra" g'olib bo'lsa Iroq bizdan oldinga o'tib olishi mumkin.

Bunday bo'lmasligi uchun "Lokomotiv" o'zi uchun keraksiz bo'lgan bahsda "Ar Rayan"ni mag'lub etishi lozim. "Paxtakor" guruhdan chiqish uchun shundoq ham g'alaba yoki bo'lmasa kamida durang uchun harakat qilishi aniq. Agar "sherlar" chorak finalga chiqishsa va o'sha bosqichda hech bo'lmasa bitta bahsda g'olib chiqishsa Iroqdan o'zib ketishimiz aniq bo'ladi.

Malumot uchun, Iroqdan guruh bosqichida bittagina klub borligi uchun "Al Zavra" yiqqan ochkolar bo'linmaydi. O'zbekistondan esa ikkita klub guruh bosqichida o'ynayotgan uchun ularning ochkolari ikkiga bo'linadi.



Jadvalga qarab O'zbekiston bu yil oltinchi o'rindan pastga tushmasligini va beshinchi o'rindan tepaga chiqa olmasligini ko'rish mumkin. Sababi to'rtinchi o'rindagi BAA bizdan 12 ochkoga ilgarilab ketgan bo'lsa, ettinchi o'rindagi Iordaniya bizdan 9 ochko ortda qolmoqda. Bugungi kunda G'arbda Qatar yakka peshqadam bo'lib turibdi. Osiyo Kubogini qo'lga kiritgan davlat bilan birga Eron hozircha 3+1 kvotaga ega bo'lib turibdi. Keyingi o'rinlarda Saudiya Arabistoni va BAA bormoda. Ularda 2+2 ko'rinishidagi kvota bor.

20 may kuni “Paxtakor”ga, 21 may kuni “Lokomotiv”ga g'alaba yor bo'lishini tilab qolamiz. Sababi ushbu bahslarda ular nafaqat klub, balki butun O'zbekiston sharafini himoya qilishadi.


OFK KLUBLAR REYTINGI
G'ARBIY MINTAQA



#

Davlat

Ochko

OCHL guruh

OCHL pley-off

1

Qatar

63.150

3

1

2

Eron

56.217

3

1

3

Saudiya Arabistoni

47.950

2

2

4

BAA

43.417

2

2

5

Iroq

32.700

1

2

6

O'zbekiston

31.700

1

1

7

Iordaniya

20.833


1

8

Hindiston

20.550


1

9

Tojikiston

20.000


1

10

Turkmaniston

15.467


1

11

Suriya

14.933


1

12

Livan

12.933


1



SHARQIY MINTAQA

#

Davlat

Ochko

OCHL guruh

OCHL pley-off

1

Xitoy

63.867

3

1

2

Janubiy Koreya

58.900

3

1

3

Yaponiya

55.000

2

2

4

Tailand

36.300

2

2

5

Avstraliya

29.800

1

2

6

Filippin

22.763

1

1

7

Malayziya

19.645


1

8

Singapur

18.888


1

9

KXDR

14.267


1

10

Vetnam

14.000


1

11

Gonkong

13.033


1

12

Myanma

8.795


1




Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика