So’nggi yangiliklar

19:02Ўзбекистон кубоги. "Шўртан"дан йирик ғалаба, "Навбаҳор" Тошкентда, "Машъал" Иштихонда зафар қучди  2 18:59Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" - "ФарДУ" учрашуви учун асосий таркиблар эълон қилинди  1 18:05Акобирхўжа Шукуруллаев ишлаган ўйинда меҳмон жамоага техник мағлубият ёзилди. Нимага?  0 17:57Сериал давом этади. Анчелотти Бразилия терма жамоаси билан музокараларни давом эттирмоқда  3 17:00Марказий Осиё. "Аркадағ" ва "Истиқлол" пешқадамликни бой берди, "Абдиш-Ата" кучли учликдан узоқлашди  0 16:52Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Тошкент вилояти футбол академияси U-16 жамоасини мағлуб этди  1 16:42"Ал Ҳилол" Анчелоттига йилига 50 млн евро таклиф қилмоқда  3 16:29Лутфулла Тўраев, Садриддин Абдуллаев, Камолиддин Тожиев — U-19 чемпионатида бу йил яна кимлар мураббийлик қилмоқда? (1-қисм)  0 15:46"Футбол олами". Меҳмонлар умуман гол ура олмаган 7-тур ҳақида батафсил  0 15:09Анчелоттидан "Реал" ҳам, Бразилия федерацияси ҳам норози   4 14:10Хави ёки тен Хаг Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1 14:01Азизбек Ғаниев: "БАА Ўзбекистон билан ўйинга кичкина стадионни танлаганидан хайрон қолдим"  12 13:44Етакчи лигаларни бирлаштирган Жером Перлемутер июнда Тошкентга келади  3 13:34Ҳакам "Пахтакор" дарвозабонини майдондан четлатиб, тўғри қарор қилдими? Суперлиганинг 7-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 13:13Кунде уч марта кеч қолиб, захирада қолиб кетгани учун "Барселона" ходимларидан ёрдам сўради  8

OCHL-2019. Guruh bosqichida eng yaxshi ko'rsatkichni qayd etgan futbolchilar orasida Krimec, Azamov, Abduxoliqov, Masharipov va boshqalar mavjud Yangiliklar

OCHL-2019. Guruh bosqichida eng yaxshi ko'rsatkichni qayd etgan futbolchilar orasida Krimec, Azamov, Abduxoliqov, Masharipov va boshqalar mavjud

Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichi ishtirok etgan futbolchilarning etiborga molik statistikalarini taqdim etamiz.

"Paxtakor"ning mudofaa chizig'i vakillari Egor Krimec, SHerzod Azamov, vinger Jaloliddin Masharipov hamda "Lokomotiv" azolari Temurxo'ja Abduxoliqov, Arslonmirat Amanov, Sardor Mirzaev, Anzur Ismoilov, Oleg Zoteev va Javohir Ilyosov qator yo'nalishlar bo'yicha eng yaxshilar qatoridan o'rin olishgan. Quyida ushbu statistika bilan to'liq tanishib chiqishingiz mumkin.


Eng ko'p xavfni bartaraf etgan ("tozalagan") himoyachilar o'ntaligi:

1.Andrez Tunez ("Buriram Yunayted", Tailand) - 57

2.Abdulla Jassim ("Al Vasl", BAA) - 35

3.Mauricio Antonio ("Urava Redz Daymonds", Yaponiya) - 34

4.SHojai Halilzoda ("Persepolis", Eron) - 34

5.Egor Krimec ("Paxtakor", O'ZBEKISTON) - 33

6.Gil ("SHandong Luneng", Xitoy) - 31

7.Aderllan Santos ("Al Ahli", Saudiya Arabistoni) - 31

8.Pansa Hemvibun ("Buriram Yunayted", Tailand) - 31

9.SHerzod Azamov ("Paxtakor", O'ZBEKISTON) - 31

10.Muhammad Jahfali ("Al Hilol", Saudiya Arabistoni) - 30

Raqib hujumini bartaraf etish bo'yicha "Paxtakor"ning markaziy himoyachilari Krimec va Azamov eng yaxshi natijani qayd etgan mudofaa vakillari orasidan joy olishgan. "Paxtakor" himoyasi g'arb mintaqasida ishonchli o'yin ko'rsatdi va raqiblar toshkentliklar darvozasi oldida minimal vaziyat yaratishdi. O'tkazib yuborilgan gollarning aksariyat qismi standart vaziyatlaridan so'ng vujudga keldi. SHuningdek, bitta texnik xato va qolgan uchala gol esa pozicion xato tufayli o'tkazildi.


Raqib darvozasi tomon eng ko'p (zarba) xavf solgan futbolchilar o'ntaligi:

1.Bag'dod Bunedja ("Al Sadd", Qatar) - 24

2.Temurxo'ja Abduxoliqov ("Lokomotiv", O'ZBEKISTON) - 20

3.Leonardo ("Al Vahda", BAA) - 19

4.Omar Al Soma ("Al Ahli", Saudiya Arabistoni) - 18

5.Fahad Bin Jumayah ("Al Nassr", Saudiya Arabistoni) - 17

6.Gelmin Rivas ("Al Rayyan", Qatar) - 17

7.Xalk ("SHanxai SIPG", Xitoy) - 17

8.Elkeson ("SHanxai SIPG", Xitoy) - 17

9.Graciano Pelle ("SHandon Luneng", Xitoy) - 16

10.Igxodaro Kristian Osaguona (Zob Ahan, Eron) - 16

Quvonarlisi, mazkur ro'yxatda, yani darvoza tomon ko'p zarba bergan futbolchilar orasida vakilimiz "Lokomotiv" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov bor. Asosan xorijlik hujumchilar joy olgan ro'yxatning ikkinchi o'rnida Bag'doddan keyin Abduxoliqov joyni band etgan. Temurxo'ja Abduxoliqov OCHL guruh bosqichi o'yinlarida raqiblar darvozasi tomon jami 20 marotaba zarba yo'llashni eplab, bu borada ikkinchi ko'rsatkichni qayd etdi. Abduxoliqovning 20 marotaba tepgan zarbasidan 5tasi golga aylangan. Ro'yxatga etibor beradigan bo'lsak, asosan tajribali va malakali legionerlar orasida Abduxoliqov Xalk, Elkison, Soma, Pelle va shunga o'xshash hujumchilardan ko'ra ko'proq darvozaga intilib, gol urishga chanqoq bo'lgan.


Vaziyatlar yaratish bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan futbolchilar o'ntaligi:

1. Oskar ("SHanxai SIPG", Xitoy) - 24

2.Renato Augusto ("Bejing", Xitoy) - 24

3.Ayanda Patosi ("Istiqlol", Eron) - 19

4.Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor", O'ZBEKISTON) - 19

5.Jonatan Viera ("Bejing", Xitoy) - 17

6.Edmilson Junior ("Duhail", Qatar) - 17

7.Karlos Villanueva ("Al Ittihod", Saudiya Arabistoni) - 16

8.Akrom Afif ("Al Sadd", Qatar) - 15

9.Muhammad Reeza Hussayni (Zob Ahan, Eron) - 15

10.Arslonmirat Amanov ("Lokomotiv", O'ZBEKISTON) - 15

Mazkur ro'yxatda ham vakillarimiz o'rin olishdi. "Paxtakor" vingeri vaziyatlar yaratish borasida OCHL guruh bosqichida to'rtinchi ko'rsatkichni qayd etdi. SHuningdek, asosan ikkinchi davradan boshlab OCHLda "Loko" safida muntazam o'ynashni boshlagan Arslonmirat Amanov qisqa fursatda raqib darvozasi oldida xavf tug'dirish bo'yicha kuchli o'ntalikka kirishga ulgurdi. Amanovning foydali ish koefficienti yuqori bo'lgani tahsinga sazovor.


Eng ko'p uzatmani amalga oshirgan futbolchilar o'ntaligi:

1.Renato Augusto ("Bejing", Xitoy) - 517

2.Jonatan Viera ("Bejing", Xitoy) - 389

3.SHogo Taniguchi ("Kavasaki Frontale", Yaponiya) - 389

4.Ao Tanaka ("Kavasaki Frontale", Yaponiya) - 378

5.Sardor Mirzaev ("Lokomotiv", O'ZBEKISTON) - 359

6.Brandon O`Nill ("Sidney", Avstraliya) - 351

7.Kim Min-Jae ("Bejing", Xitoy) - 345

8.Jeyms Donachi ("Melburn Viktori", Avstraliya) - 344

9.Oleg Zoteev ("Lokomotiv", O'ZBEKISTON) - 343

10.Anzur Ismoilov ("Lokomotiv", O'ZBEKISTON) - 342

"Lokomotiv" eng ko'p pas orqali o'ynagan jamoalar ichida uchinchi bo'ldi. "Temiryo'lchilar" OCHL guruh bosqichida jami 3191 marotaba uzatmani amalga oshirishgan. Futbolchilar orasida esa "Loko"ning bir yo'la uchala futbolchisi: Sardor Mirzaev, Oleg Zoteev va Anzur Ismoilov kuchli o'ntalikka kirdi.


Eng ko'p kross (qanotdan beriladigan uzatma) amalga oshirgan futbolchilar o'ntaligi:

1.Oskar ("SHanxai SIPG", Xitoy) - 73

2.Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor", O'ZBEKISTON) - 53

3.Arslonmirat Amanov ("Lokomotiv", O'ZBEKISTON) - 49

4.Muhammad Reza Husseyni ("Zob Ahan", Eron) - 42

5.Renato Augusto ("Bejing", Xitoy) - 42

6.Kim Jin-Su ("CHonbuk Xyunday Motors", Janubiy Koreya) - 40

7.Bandar Al Ahbabi ("Al Ayn", BAA) - 38

8.Sebastyan Jovinko ("Al Hilol", Saudiya Arabistoni) - 36

9.Akram Afif ("Al Sadd", Qatar) - 32

10.Husseyn Al Jvayed ("Al Zavraa", Iroq) - 31

Mazkur jihat bo'yicha ham kuchli o'ntalikda vakillarimizdan ikki nafar futbolchi o'rin olgan. Etiborlisi, Masharipov va Amanov faqatgina Oskardan keyingi o'rinda turishibdi. Masharipov OCHLda muntazam o'ynab shunday ko'rsatkichga erishgan bo'lsa, Amanov nisbatan kam o'ynab qisqa fursatda ushbu ko'rsatkichni qayd etishga erishdi. 


Eng ko'p seyv amalga oshirgan darvozabonlar o'ntaligi:

1.Xalid Eysa ("Al Ayn", BAA) - 27

2.Jalal Hassan ("Al Zavraa", Iroq) - 25

3.Andryu Redmayne ("Sidney", Avstraliya) - 22

4.Song Beom-Keun ("CHonbuk Xyunday Motors", Janubiy Koreya) - 22

5.Yan Junling ("SHanxai SIPG", Xitoy) - 22

6.Muhammed Al Ovays ("Al Ahli", BAA) - 22

7.Sivarak Tedsungnoen ("Buriram Yunayted", Tailand) - 22

8.Alirizo Beyranvand ("Persepolis", Eron) - 20

9.Fahad Yunis ("Al Rayyan", Qatar) - 19

10.Javohir Ilyosov ("Lokomotiv", O'ZBEKISTON) - 17

Darvozabonlar ichida "Lokomotiv" posboni Javohir Ilyosov eng ko'p seyv amalga oshirgan kiperlar orasida kuchli o'ntalikka ilindi. SHuningdek, Javohir Ilyosov eng ko'p gol o'tkazib yuborgan darvozabonlar ro'yxatida ham beshinchi pog'onani band etgan. "Lokomotiv"ning OCHLdagi o'tkazib yuborgan 11ta golidan 9tasini aynan Ilyosov qo'yib yubordi.


Eng ko'p gol o'tkazib yuborgan darvozabonlar o'ntaligi:

1.Fahad Yunis ("Al Rayyan", Qatar) - 17

2.Humaid Abdulla ("Al Vasl", BAA) - 15

3.Xalid Eysa ("Al Ayn", BAA) - 10

4.Sivarak Tedsungnoen ("Buriram Yunayted", Tailand) - 10

5.Javohir Ilyosov ("Lokomotiv", O'ZBEKISTON) - 9

6.Jalol Hassan ("Al Zavraa", Iroq) - 9

7.Mattyu Akton ("Melburn Viktori", Avstraliya) - 8

8.Li Bum Soo ("Geongam", Janubiy Koreya) - 8

9.Muhamad Al SHamsi ("Al Vahda", BAA) - 8

10.Zou Dexai ("Bejing", Xitoy) - 8

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика