OCHL–2017. Ravshan Ermatov “Ar-Rayyan” – “Al-Hilol” uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi
03 may 2017 12:20
Yangiliklar
OCHL–2017. Ravshan Ermatov “Ar-Rayyan” – “Al-Hilol” uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi
Osiyo CHempionlar Ligasi–2017 musobaqasining “D” guruhi 6-turidan o'rin olgan Qatarning “Ar-Rayyan” va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klublari o'rtasidagi bellashuvga rasmiylar tayinlandi.
O'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov mazkur uchrashuvga bosh hakam etib tayinlandi. Qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov ishlaydi. To'rtinchi hakam vazifasi Dmitriy Pisleginga topshirildi.
Livanlik Bashir Abdulxoliq uchrashuv komissari sifatida qayd etilgan. Yaponiyalik Ishiyama Noboru hakamlar nazoratchisi bo'lib ishlaydi.
Malumot uchun, “Ar-Rayyan” – “Al-Hilol” klublari o'rtasidagi o'yin 8 may kuni Doha shahridagi Jassim Bin Hamad stadionida bo'lib o'tadi. O'yin mahalliy vaqt bilan 18:25 da boshlanishi ko'zda tutilgan.
O’xshash yangiliklar
14:30
Ravshan Haydarov: "Yosh tarkib bilan ishtirok etishimizga qaramay, men jamoamizga ishonaman" 13
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar