So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  5 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  7 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  112 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  849 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

OCHL-2017. "Nasaf" pley-off o'yinlariga 25 nafar futbolchini "zayavka" qildi Yangiliklar

OCHL-2017. "Nasaf" pley-off o'yinlariga 25 nafar futbolchini "zayavka" qildi

Teglar :  NasafOCHL-2017
Qarshining "Nasaf" klubi 31 yanvar kuni Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi ishtirokini boshlaydi.

SHu kuni Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoa Bahraynning "Al Hidd" klubini Toshkentda qabul qiladi. Bu o'yin g'olibi 7 fevralda Saudiya Arabistonida "Al Fateh" mehmoni bo'ladi.

"Nasaf" OCHL pley-off bahslari uchun 25 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazdi. "Ajdarlar" agar guruh bosqichiga chiqa olishsa ro'yxatga yangi futbolchilar qo'sha olishadi.

Jamoaning yangi azosi Akmal SHorahmedov o'zi uchun odatiy bo'lgan 2-raqamda ro'yxatdan o'tkazildi. Tarkibda ikki nafar legioner bor. Rossiyalik himoyachi Igor Golban va serbiyalik hujumchi Dragan CHeran.

Futbolchilar orasida eng bo'ydori darvozabon Eldorbek Suyunov (190 sm), eng bo'yi pasti Akbar Murodov (162 sm). Vaznlar bo'yicha esa Suyunov eng birinchi (85 kg), jamoadagi eng engil futbolchi esa Azizjon G'aniev (60 kg).


Darvozabonlar: Eldorbek Suyunov, Sanjar Quvvatov, Umidjon Ergashev

Himoyachilar: Akmal SHorahmedov, Maqsud Karimov, G'olib G'aybullaev, Igor Golban, SHerzod Azamov, Saydullo Rahmatov, Najmiddin Normurodov

Yarim himoyachilar: Azizjon G'aniev, Sirojiddin Qo'ziev, Dilshod Rahmatullaev, SHarof Muhitdinov, Bahrom Abdurahimov, Islom Rashidxonov, Akbar Murodov, Odiljon Hamrobekov, Farruh Sayfiev, Doniyor Narzullaev

Hujumchilar: SHahboz Erkinov, Dilshod Xushbakov, Islom Kenjaboev, Bobir Abdixoliqov, Dragan CHeran




Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика