OCHL-2017. "Lokomotiv"ning ilk raqibi mag'lub bo'ldi Yangiliklar

OCHL-2017. "Lokomotiv"ning ilk raqibi mag'lub bo'ldi

"Lokomotiv"ning Osiyo chempionlar ligasidagi raqibi "Al Taavon" (Saudiya Arabistoni) kecha Saudiya Arabistoni ligasida o'yin o'tkazdi.

Safarda "Al Raed" mehmoni bo'lgan ushbu jamoa 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi. "Al Taavon" safida Ahmad Zayn dublga erishdi. "Lokomotiv" bu yilgi OCHLni aynan shu jamoaga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.

OCHL 1-tur bahsi 20 fevral kuni Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi. Ungacha "Al Taavon" ichki chempionatda uchta rasmiy uchrashuvda maydonga tushadi.

1 fevral. "Al Taavon" - "Al SHabab"
11 fevral. "Al Taavon" - "Al Ittihod"
16 fevral. "Al Fateh" - "Al Taavon"


"Al Raed" - "Al Tavon" 3:2
Gollar:
I.Bangura 4, Abdulkarim Al Qahtoni 9, I.Bangura 48 penalti - Ahmad Zayn 52, 56
"Al Tavon": Sulton Al Gamdi, Rikardo Machado, Ibrohim Al Zubaydi (Mahmud Moad, 46), Naif Musa, Talal Alabsi, Jihod Al Hussayin, Said Al Dosari, Abdulrahmon Al Baraka, Ahmad Zayn, Abdulaziz Al SHarid (L.Sanmarten, 46), Munir El Hamdaui (Muhammad Al Saiari, 73).


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика