OCHL-2017. Bugun "Nasaf" va "Bunyodkor" o'ynaydi
07 fev 2017 08:12
Yangiliklar
OCHL-2017. Bugun "Nasaf" va "Bunyodkor" o'ynaydi
O'zbekistonning ikki klubi musobaqaning guruh bosqichiga chiqish uchun bugun safarda maydonga tushishadi.
Qarshining "Nasaf" klubi Saudiya Arabistonida "Al Fateh" mehmoni bo'ladi. "Ajdarlar" o'tgan bosqichda Toshkentda Bahraynning "Al Hidd" klubini 4:0 hisobida mag'lub etishgandi. Bugungi o'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi. Bahs SPORT telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatiladi. Ushbu o'yin g'olibi "B" guruhida "Istiqlol Xuziston" (Eron), "Al Jazira" (BAA) va "Lahviya" (Qatar) klubilari bilan kurashadi.

Toshkentning "Bunyodkor" klubi esa Qatarda "Al Jayish" bilan kuch sinashadi. Sardor Rashidov jamoasiga qarshi bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:15da start oladi. Uchrashuv SPORT telekanalida 22:20dan boshlab yozib olingan holda namoyish etiladi. Bu o'yin g'olibi "C" guruhida "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) "Zob Ohan" (Eron), "Al Ayn" (BAA) klublari bilan o'ynaydi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar