OCHL–2017. “Al-Ayn” – “Bunyodkor” uchrashuvi qatarlik hakamlarga topshirildi
07 may 2017 12:40
Yangiliklar
OCHL–2017. “Al-Ayn” – “Bunyodkor” uchrashuvi qatarlik hakamlarga topshirildi
Uchrashuv bosh hakami etib qatarlik Hamis Muhammad al-Marri tayinlandi. Unga qanotlarda hamyurtlari Ramzan Said al-Naemi va Muhammad Jabbor Darmon yordam beradi. To'rtinchi hakam – Feras Tavil (Suriya).
Hakamlar nazoratchisi vazifasi eronlik Inoyat Masudga yuklatildi. Uchrashuv komissari bo'lib xitoylik Xuang Song ishlaydi.
Eslatib o'tamiz, “Al-Ayn” va “Bunyodkor” uchrashuvi erataga, 8 may kuni Al-Ayn shahridagi Hazza Bin Zayed Stadium maydonida bo'lib o'tadi. O'yin mahalliy vaqt bilan 19:40 (Toshkent vaqti bilan 20:40)da boshlanadi.
Malumot uchun, “S” guruhi 5-turidan keyin “Al-Ayn” 9 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Bunyodkor” 3 ochko bilan so'nggi – 4-o'rinni egallagan. Mazkur uchrashuv natijasidan qati nazar Toshkent klubi musobaqaning pley-off bosqichiga chiqa olmaydi.
Fikrlar