So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Қизилқум" — "Сўғдиёна" 0:0 (матнли трансляция)  1 20:00Суперлига. ОКМК – "Шўртан" 0:0 (матнли трансляция)  1 20:00Суперлига. "Бунёдкор" – "Пахтакор" (матнли трансляция)  4 19:23"Машъал" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:07Жасур Жалолиддиновнинг янги клуби маълум?!  11 18:40Эндрю Робертсон испан гранди сафига ўтиши мумкин  1 17:57Равшан Эрматов клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида энг кўп ўйинни бошқарган ҳакам бўлиб турибди  6 17:31"Шўртан" охирги бор Олмалиқда қачон ғалаба қозонган?  0 17:24Шавкат Саидов: "Бунёдкор" директори бўлишим? Бу нотўғри маълумот"  2 17:15Исроил ҳужуми туфайли Тареми жаҳон чемпионатига бора олмади  12 16:43"Реал" Асенсио билан шартномани узайтирди  1 16:20Ўзбекистонлик спорт психологи "Сантьяго Бернабеу"да "Master in Sport Psychology" дипломини олди  7 16:00Эшитдик-да! "Пахтакор"га қарши ўйиндан сўнг Илёс Зейтуллаев истеъфога чиқарилиши мумкин. Раҳбарият ҳам ўзгаради  13 15:46Турнир тубидагилар тўқнашуви: “Сўғдиёна” Навоийда тарих ёзадими?   0 15:12"Манчестер Юнайтед" Бундеслиганинг 100 млн евролик футболчисига қизиқмоқда  2

OCHL-2016. "Lokomotiv"ning raqiblari safida qaysi legionerlar o'ynaydi? Yangiliklar

OCHL-2016. "Lokomotiv"ning raqiblari safida qaysi legionerlar o'ynaydi?

"Lokomotiv" klubi 2016 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida "Sepaxon" va "Al Nasr" klublari bilan o'ynaydi.

Biz har bir klubimizning guruhidagi raqiblari haqida qisqacha malumot berishga qaror qildik. "A" guruhining to'liq taqvimini biroz oldin taqdim etilgan edi.


"Sepaxon" (Eron)

Eronning "Sepaxon" klubi OCHL-2016da Eron chempioni sifatida ishtirok etadi. Xorvatiyalik Igor SHtimach boshchiligidagi jamoa bu mavsumda Eron chempionati 13ta turidan so'ng 20 ochko to'plagan holda 7-o'rinni egallab turibdi.

"Sepaxon" 5 karra Eron chempioni va 4 karra Hafzi kubogi sohibi hisoblanadi. Jamoa 2007 yilgi Osiyo chempionlar ligasi finaliga qadar etib borgan.

Ushbu klub safida o'zbekistonlik Fozil Musaev to'p tepadi. Qolgan ikki legioner Braziliyadan - Leandro Padovani va Lusiano Pereyra.


"Al Nasr" (BAA)

BAAning "Al Nasr" klubi 2016 yilgi Osiyo chempionlar ligasida BAA prezidenti kubogi sohibi sifatida qatnashadi. Klub o'tgan mavsum chempionatda 5-o'rinni egallagandi.

3 karra BAA chempioni, 4 karra Prezident kubogi sohibi, 3 karra Federaciya kubogi sohibi va 1 karra Arab Ko'rfazi kubogi sohibi bo'lgan jamoani serbiyalik Ivan Yovanovich boshqarib bormoqda.
Klub bu mavsumda 10ta o'yin o'tkazgan jamoa 21 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi.

"Al nasr"ning legionerlari: Jires Kembo Ekoko (Franciya), Luis Ximenes (CHili), Jonatan Pitroypa (Burkina Faso) va Nilmar (Braziliya).



"Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni) - "Al Vihdat" (Iordaniya)

Saudiya Arabistoni klubi o'tgan mavsum mamlakat chempionatida to'rtinchi o'rinni olgani uchun pley-offda o'ynaydi. Jamoa bu yil 9ta o'yindan so'ng 17 ochko to'plab 4-o'rinni egallab turibdi.

"Al Ittihod" legionerlari:  Salli Muntari (Gana), Jeyms Troici (Avstraliya), Lusian Sanmarten (Ruminiya), Gelmin Rivas (Venesuela).

"Al Vihdat" Iordaniya chempioni sifatida OCHL pley-offida qatnashadi. Jamoa 14 karra mamlakat chempioni, 10 karra Iordaniya kubogi sohibi, 9 karra Iordaniya FA kubogi sohibi va 12 karra Iordani Superkubogi sohibi hisoblanadi.

"Vihdat" bu mavsumda 9ta o'yindan 19 ochko to'plab ichki chempionatda peshqadam bo'lib turibdi.

Jamoada senegallik El Xoji Malik Tall va falastinlik Ashraf No'mon kabi legionerlar o'ynashadi.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика