OCHL-2016. "Lokomotiv" chorak finalda BAA yoki Qatar klubi bilan o'ynaydi
26 may 2016 08:20
Yangiliklar
OCHL-2016. "Lokomotiv" chorak finalda BAA yoki Qatar klubi bilan o'ynaydi
Yani chorak finalga chiqqan barcha 8 klub nomi malum bo'ldi. G'arb mintaqasida O'zbekistonning "Lokomotiv", Qatarning "Al Jayish" va BAAning ikki klubi "Al Ayn" hamda "Al Nasr" kurashni davom ettiradi.
SHarqda esa Xitoy ("SHandong Luneng", "SHanxay SIPG") va Janubiy Koreyaning ("Seul", "CHonbuk Motors") ikkitadan klubi qoldi.
Ikki mintaqa klublari finalga qadar to'qnash kelishmaydi. SHu bois Reglamentga ko'ra bir mamlakat klublari chorak finalda to'qnash kelishi mumkin. SHu bois BAA klublari alohida ajratilmaydi. "Lokomotiv" chorak finalda "Al Jayish", "Al Ayn" yoki "Al Nasr"ga qarshi o'ynaydi. "Al Nasr" "temiryo'lchilar" bilan bir guruhdan o'rin olgandi. "Al Ayn" va "Al Jayish" "Nasaf"ning guruhidan chiqishgandi. "Al Jayish" safida hamyurtimiz Sardor Rashidov o'ynayotganidan xabaringiz bor.
CHorak final o'yinlari 23-24 avgust va 13-14 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.
Fikrlar