OCHL-2016. Bugun "Nasaf" va "Bunyodkor" o'ynaydi
05 apr 2016 08:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/203698_original.jpg)
![](/upload/storage/203698_220.jpg)
OCHL-2016. Bugun "Nasaf" va "Bunyodkor" o'ynaydi
O'zbekistonning ikki klubi bugun o'z o'yinlarini o'tkazadi. Qarshida "Nasaf" klubi Qatarning "Al Jayish" klubini qabul qiladi. Doxada o'tgan bahsda Sardor Rashidov tomonidan urilgan gol "ajdarlar"ning mag'lubiyatiga sabab bo'lgandi. Bugungi bahs soat 18:45da "Markaziy" stadionda boshlanadi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlaridan faqat g'alaba kutib qolamiz.
"Nasaf" - "Al Jayish" uchrashuvidan oldin
"Bunyodkor" esa Eronda "Zob Ahan" mehmoni bo'ladi. Toshkentdagi uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etilgan edi. Bugungi o'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi. "Qaldirg'ochlar"dan ham albatta 3 ochko kutamiz. SPORT telekanali bergan xabarga ko'ra ikkala bahs ham jonli ravishda efirga uzatiladi.
"Zob Ahan" - "Bunyodkor" uchrashuvi oldidan
"B" guruhi
20:30 - "Zob Ahan" - "Bunyodkor"
20:30 - "Lahviya" - "Al Nassr"
"D" guruhi
18:45 - "Nasaf" - "Al Jayish"
22:25 - "Al Ahli Jidda" - "Al Ayn"
"F" guruhi
15:30 - "Seul" - "SHandong Luneng"
16:00 - "Buriram" - "Sanfrechche Xirosima"
"G" guruhi
15:00 - "Sidney" - "Poxang Stilers"
15:30 - "Urava Red Daymonds" - "Guanchjou Evergrand"
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar