So’nggi yangiliklar

21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  0 21:35Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23 3:1 (матнли трансляция)  13 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  7 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  14 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  2 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  4

OCHL-2015. Berdievda uchinchi, qolganlar uchun birinchi imkoniyat Yangiliklar

OCHL-2015. Berdievda uchinchi, qolganlar uchun birinchi imkoniyat

OFK tomonidan Osiyo chempionlar ligasida bizga 3+1 o'rin berilgani rasman oydinlashdi.
SHunday qilib kelasi yil bizdan uchta jamoa (“Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Nasaf”) OCHLni to'g'ridan to'g'ri guruh bosqichida boshlaydi. “Bunyodkor” esa pley-offdan boshlaydi. Etibor berib qarasak, birgina Ro'ziqul Berdievni hisobga olmaganda, qolgan klublar bosh murabbiylari uchun kelasi yilgi chempionlar ligasi debyut musobaqa bo'lar ekan.

Xususan chempionlikni qo'lga kiritgan “Paxtakor” bosh menejeri Samvel Babayan bungacha bosh murabbiyi sifatida ro'yxatdan o'tmagandi. Endi bo'lsa ham murabbiy, ham menejer sifatida “zayavka” qilinadi. Yani, uning murabbiy ekanligini ham inobatga olsak, Osiyo chempionlar ligasi Babayan uchun debyut musobaqa hisoblanadi.

“Lokomotiv” ustozi Vadim Abramov ham hozircha chempionlar ligasida qatnashmagan. Bu gap shuningdek “Bunyodkor” bosh murabbiyi Sergey Lushanga ham tegishli. Demak, bu ikki murabbiy ham klublar o'rtasidagi nufuzli musobaqada kelasi yil o'z debyutlarini o'tkazishadi.

“Nasaf”ni boshqarayotgan Ro'ziqul Berdiev uchun esa OCHL ilk musobaqa emas. CHunki murabbiy bungacha ikki mavsum OCHLda “Nasaf”ni boshqargan. Xususan 2012 yil o'z tarixida ilk bor ushbu turnirda qatnashgan “Nasaf” guruh o'yinlarida atigi bir ochko bilan oxirgi o'rinni band qilgandi. SHu yilning boshida o'tkazilgan pley-off bosqichida esa qarshiliklar Qatar klubidan yirik hisobda mag'lub bo'lishdi. Demak, bu safargi ishtirok Berdiev uchun uchinchisi bo'ladi.

SHunday ekan, kelasi yil OCHL bahslarini intizorlik bilan kutishimiz uchun asos bor. Agar “Bunyodkor” pley-offdan o'tib olsa, guruh bahslarida bizdan to'rtta klub bo'ladi. Bu esa OFK tomonidan berilgan yana bir imkoniyat deganidir. Umuman olganda, OFK bizga har doim imkoniyat berib kelgan. Faqat bundan foydalanish, OFKning bekorga 3+1 bermaganini isbotlash esa to'rtta klubning zimmasidagi ish hisoblanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика