OCHL-2014. “Bunyodkor”ning raqiblari “Istiqlol” va “Al-SHabab” bo'lishi mumkin edi
11 dek 2013 08:16
Yangiliklar

OCHL-2014. “Bunyodkor”ning raqiblari “Istiqlol” va “Al-SHabab” bo'lishi mumkin edi
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Osiyo futbol konfederaciyasi binosida 10 dekabr kuni o'tkazilgan quradan taxminan uch soatcha oldin, barcha shunday tadbirlarda bo'lgani kabi, akkreditaciyadan o'tgan jurnalistlarga press-relizlar tarqatildi.
O'zbekistondan bu marosim uchun uch nafar OAV vakillari akkreditaciya olishdi. Ushbu satrlar muallifidan tashqari, yana Ahadxon Abduhamidov (“Interfutbol” bosh muharriri) hamda “O'zbekiston futboli”dan Tolibjon Qosimov.
Xullas, bizga taqdim etilgan press-relizda keltirilgan qura mexanizmidan shu narsani osongina angladikki, guruh bosqichida joyi naqd “Bunyodkor” “V” guruhidan o'rin oladi. Uning raqiblaridan biri SHarqdagi 1-raqam bilan belgilanayotgan pley-off g'olibi bo'ladi. Qolgan ikki raqib ham deyarli aniq edi: guruh raundiga to'liq - 4tadan joy olishgan Eron va Saudiya Arabistonining reyting bo'yicha, tegishlicha, birinchi va oxirgi jamoalari juftligi. Yani chempionlar (yo “Istiqlol” Tehron, yo “Al-Fatex” Al-Axsa) va ushbu mamlakatlar chempionatlarida 3-o'rinni egallagan “Al-SHabab” Al-Riyod, yoki Eronda 4-o'rinni olgan “Fulad Xuzestan” Axvaz. Birinchi bo'lib G'arbiy mintaqadagi “A”, “V”, “S” va “D” guruhlari uchun tashlangan qura yakuniga ikki qadam qolganda, marosimni o'tkazgan OFK vakili Jon Vindsor savatchadagi ikkita sharchadan bittasini oldi. U olgan sharcha ichidan “Saudi Arabia” yozuvi chiqib keldi. Savatchada qolgan sharcha ichida esa, o'z-o'zidan ayonki, “IR Iran” yozuvi qolgandi. SHu tariqa, “Saudi Arabia” yozuvi paydo bo'lishi bilan biz “Bunyodkor”ning birdan qolgan ikkita raqibini bilib oldik – bular “Al-Fatex” va “Fulad Xuzestan”. Agar Jon Vindsor avval “IR Iran” yozuvini chiqarganda, “qaldirg'ochlar” hozir boshqa jamoalar – so'ngi OCHL yarim finalchisi hamda Eronning 8 karra chempioni “Istiqlol” va Saudiyaning 6 karra chempioni “Al-SHabab” haqida o'ylayotgan bo'lardilar.
Solishtiradigan bo'lsak, qurani o'tkazgan Vindsorning qo'llari “Bunyodkor” uchun engil bo'lib chiqdi. Axir bir martadangina oltin medal olishgan “Al-Fatex” (2013 yili) ham, “Fulad Xuzestan” (2005) ham chempionlik sovrini bo'yicha yuqoridagi klublar oldida aslo maqtana olmaydilar.
Suratda: Mana o'sha ikkita – o'z ichiga “Saudi Arabia” va “IR Iran” yozuvlarini olgan sharchalar.
Ulug'bek Mirzaev,
Kuala-Lumpur

Fikrlar