So’nggi yangiliklar

01:47А Серия. "Милан" иродали ғалабага эришди  5 01:20"Бавария" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  0 00:45Расман: Ироқ термасига янги бош мураббий тайинланди  0 00:40Суперлига. Абрамов бошчилигидаги "Динамо" кичик ҳисобда ғалаба қозонди, "Андижон" эса дербида "Нефтчи"га мағлуб бўлди  1 00:19Вадим Абрамов: "Салбий ўйин кўрсатган бўлсак-да, натижа ижобий бўлди. Менга шуниси яхшироқ"  6 23:57Микель Артета: "Ҳакими жавоб ўйинида гол урмаслиги керак эди"  4 23:19Февзи Давлетов: "Ички муаммолар бор, буни биз ҳал қила олмаймиз"  4 22:57Вальверде Мбаппега таъриф берди  2 22:14Абрамов ва "Динамо"нинг навбатдаги қурбони "Сурхон" бўлди. Самарқандликлар мағлубиятсиз юришини давом эттирди  43 21:59"Барселона" ёзда Осиёга келади  2 21:27Артём Петросян: "Футболчилар руҳий жарликда. 3-4 кун ичида бу ҳолатдан олиб чиқиб бўлмайди"  13 20:55Виталий Левченко: "Таркибимизда йўқотишлар кўп. Ким соғлом ҳолатда бўлса, ўша ўйнаяпти"  6 20:29"Арсенал" "Ливерпуль"га чемпионлик йўлаги ташкил қилиб берадими? Артета жавоб берди  3 20:00Суперлига. "Нефтчи" "Андижон" майдонидаги водий дербисида устун келди  84 19:54"Реал"нинг азалий рақиби Лунин учун 25 млн евро беришга тайёр  0

OCHL 2. Hisobda ortda borayotgan "Nasaf" kambek qayd etgan holda "SHabab Al Ahli"dan ustun keldi Yangiliklar

OCHL 2. Hisobda ortda borayotgan "Nasaf" kambek qayd etgan holda "SHabab Al Ahli"dan ustun keldi

Qarshining "Nasaf" jamoasi OFK CHempionlar Ligasi 2 musobaqasining 2-turi doirasida BAAning "SHabab Al Ahli" klubini mehmon qildi.

OFK CHempionlar Ligasi 2

"D" guruhi. 2-tur

2 oktyabr. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 

"Nasaf" (O'zbekiston) – "SHabab Al Ahli" (BAA) 2:1 (TUGADI)

Bosh hakam: Payam Heydari (Eron)

Yordamchi hakamlar: Farhod Moravveji, Farhod Farhodpur (ikkalasi – Eron)

Zaxira hakami: Kazemi Saedvohid (Eron)

Hakamlar nazoratchisi: Alshalvai Abdulloh Mutlaq (Saudiya Arabistoni)

Uchrashuv komissari: Ayman Muhammad Saud Harun (Bahrayn)

Gol: Mateus Lima (Munas Dabbur) 18, 0:1, Zoran Marushich (Marko Stanoevich) 83 1:1, Zoran Marushich (Bobir Abdixoliqov) 90

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Akmal Mozgovoy ( 88.Marko Stanoevich, 72) 8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 9.Javohir Sidiqov (10.Bobir Abdiholiqov,72), 19.Stefan CHolovich (3.SHohjahon Sultonmurodov, 46), 22.Igor Golban (4.Dilshodjon Komilov, 46), 32.Zoran Marushich, 34.SHerzod Nasrullaev, 70.Jambuli Jigauri (14.SHarof Muhitdinov,46), 77.Oybek Bozorov.

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev,  6.Murodbek Rahmatov,  13.Adham Musulmonov,  21.Doniyor Narzullaev, 23.Valentino Yuel, 24.Sardorbek Bahromov, 28.SHuhrat Muhammadiev,

"SHabab Al Ahli":  12. Hassan Hamza Almaazmi, 2. Yago Azvedo Santos, 5. Volid Abbos, 50. Said Sulaymon Mubarak, 7. Abdulla Harib (10. Federiko Kartabia, 85), 8. Gaston Suares, 9. Munas Dabbur (77. Gilerme Gonsalles, 74), 19. Matevsao, 26. Eid Hamis (16. Rikelme Ernandes, 60), 57. Yuri Sezar Silva (11. Yahyo Al Gassani, 60), 66. Said Izzatullohi (80. Breno Kaskardo 60)

Zaxira: 4. Muhammad Mazruq, 13. Renan Viktor, 17. Bogdan Planich, 22. Hamad Abdulla, 23. Volid Rakaan, 40. Milivoevia, 

Ogohlantirish: Eid Hamis ("SHabab Al Ahli") 43, Dilshod Komilov ("Nasaf") 62, G'olib G'aybullaev ("Nasaf") 80, Harib Suxail ("SHabab Al Ahli) 81, Zoran Marushich ("Nasaf") 84

MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi. 

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

90. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. "Nasaf"dan so'nggi daqiqalarda kambek! Zoran Marushich bugun dubli bilan jamoasini qutqarib ketmoqda. 

85. EEEH. Bobir Abdixoliqov juda qulay imkoniyatni golga aylantira olmadi.

84. OGOHLANTIRISH. "Nasaf", Zoran Marushich

83. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. "Nasaf"ning ketma-ket hujumlari nihoyat samara berdi. Burchakdan uzatib berilgan to'pni Zoran Marushich golga aylantirdi

81. OGOHLANTIRISH. "SHabab Al Ahli"dan Suhail Harib ogohlantirildi.

80. OGOHLANTIRISH. "Nasaf"dan G'olib G'aybullaevga sariq kartochka ko'rsatildi. 

74. O'ZGARISH. "SHabab Al Ahli", Dabbur o'rniga Gilerme tushdi. 

73. ZARBAAA. "Nasaf"dan chiroyli kombinaciya. Jarima maydonchasi ichida Marushichning zarbanamo uzatmasiga Abdixoliqov yakuniy nuqtani qo'ya olmadi. 

72. O'ZGARISH. "Nasaf", Sidiqov o'rniga Abdixoliqov, Mozgovoy o'rniga Stanoevich tushdi. 

67. "Nasaf"ning hujumlari raqib himoyasidan o'ta olmayapti. 

62. OGOHLANTIRISH. "Nasaf", Dilshod Komilov

60. O'ZGARISH. "SHabab Al Ahli", Yuri Sezar Silva o'rniga Yahyo Al Gassani, Eid Hamis o'rniga Rikelme Ernandes, Said Izzatullohi o'rniga Breno Kaskarado tushdi. 

51. "Nasaf"dan yaxshi o'ylangan kombinaciya. Hujumlar soni ko'paydi mezbonlarda. 

48. ZARBAAA. Zoran Marushich ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Uning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi. 

46. O'ZGARISH. "Nasaf", Jaba Jigauri o'rniga SHarof Muhitdinov, Stefan CHolovich o'rniga SHohjaxon Sultonmurodov, Igor Golban o'rniga Dilshod Komilov tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

42. OGOHLANTIRISH. "SHabab Al Ahli", Eid Hamis

40. ZARBA. Sidiqov va Bozorov kombinaciyasi zarba bilan yakunlandi. Oybekning zarbali uzatmasi noaniq ko'rinish oldi. 

37. NE'MATOOV. Abduvohid raqib hujumini gol bilan yakunlanishiga yo'l qo'ymadi. 

31. ZARBA. CHolovich yaxshi poziciyaga chiqib borib zarba berdi. Noaniq. 

28. O'yinda temp pasaydi. 

24. ZARBA. Jigaurinig zarbasi noaniq ketdi. 

18. GOL. Mateus Lima "Nasaf" himoyachisi G'olib G'aybullaevni katta tezlikda ortda qoldiririb birga bir vaziyatda Nematovni ham dog'da qoldirdi. 

13. ZARBAAA. Akmal Mozgovoy omadini sinab zarba berib ko'rdi. Hassan Hamza o'z o'rnida ishonchli turdi. 

10. ZARBAAAA. Oybek Bozorov jarima maydonchasi ichida raqib darvozasiga zarba yo'lladi. Amirliklar kiperidan Nematov tomonga javob seyvi. Jamoalar ochiq o'yin ko'rsatishmoqda. 

8. NE'MATOOOV SEEYV. "Nasaf" darvozaboni Abduvohid Nematov raqibning ikki zarbasini qaytardi. 

6. "SHabab Al Ahli" futbolchisi Lima birga bir vaziyatga chiqib borishiga Nematov yo'l qo'ymadi. U to'pga o'z vaqtida chiqib keldi. 

4. "Nasaf"dan javob hujumi. Nasrullaev katta tezlikda kirib borib to'pni uzatdi. Himoyachi to'pni qaytardi. Burchak zarbasidan so'ng himoyachilar va darvozabon xavfni bartaraf etdi. 

3. ZARBA. Eid Hamis burchakdan kelgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi. Xavfli zarba. 

1. "SHabab Al Ahli" jamoasi o'yindagi birinchi burchak zarbasini ishladi. 

- O'yin boshlandi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

- Uchrashuv 19:00da boshlanadi. 

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика