So’nggi yangiliklar

08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчига таклиф билан чиқди  0 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  3 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  1 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  3 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3

OCHL 1/8 finalga tayyorgarlik: Arab klublari Evropada Yangiliklar

OCHL 1/8 finalga tayyorgarlik: Arab klublari Evropada

Osiyo chempionlar ligasida SHarqiy mintaqa klublari 1/8 final o'yinlarini o'tkazib bo'lishdi.

1/8 final natijalariga ko'ra, "SHanxay SIPG" (Xitoy), "Urava Reds" (Yaponiya), "Guangju Evergrand" (Xitoy) va "Kashima Antlers" (Yaponiya) jamoalari chorak finalda o'ynaydigan bo'lishdi. G'ar mintaqasi klublari esa avgust oyida 1\8 final uchrashuvlarini o'tkazishadi. 

1/8 final juftliklari: 

"Al Nasr" (Saudiya Arabistoni) - "Al Vahda" (BAA)

"Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni) - "Zobahan" (Eron)

"Al Duhayl" (Qatar) - "Al Sadd" (Qatar)

"Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) - "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) 

Dastlabki uchrashuvlar 5-6 avgust, javob bahslari esa 12-13 avgustda bo'lib o'tadi. 

Hozirda barcha 8ta jamoa bo'lajak bellashuvlarga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Xususan Saudiya Arabistonining ikki klubi "Al Hilol" bilan "Al Ittihod" o'z rejalarini malum qildi. Unga ko'ra, "Al Hilol" yangi mavsumga hozirlikni Avstriyada o'tkazadi. Malumki, ushbu jamoaga yaqinda bosh murabbiy etib Rezvan Luchesku tayinlandi. Yangi murabbiy jamoani Avstriyaning Lienc shahriga olib borishni maqul ko'rdi. "Al Hilol" bu erda uch hafta mobaynida mashg'ulot o'tkazadi. 


"Al Ittihod" yozgi yig'inni Angliyaning Manchester shahrida o'tkazmoqda. Xose Luis Sierra shogirdlari Eronning "Zobahan" klubi bilan bo'ladigan o'yinga tayyorgarlikni mana shu erda olib borishadi. Malumki, "Al Ittihod" bu yilgi OCHLda "Lokomotiv" bilan bitta guruhda kurash olib bordi va guruhda "Al Vahda"dan so'ng ikkinchi o'rinni egalladi. Jiddaliklar Manchesterga ketishdan oldin o'z saflariga Abdulloh Al Malki, Hamdan Al SHammari, Abdulrahmon Al Obud kabi futbolchilarni qo'shib olishdi. 


"Lokomotiv"ning OCHLdagi yana bir guruhdoshi "Al Vahda" Gollandiya variantini maqul qo'ldi. Jamoa u erda 25 iyundan beri mashg'ulot o'tkazyapti. Ikki hafta oldin klubda bosh murabbiy o'zgardi: Xenk Ten Kate jamoani tark etib, o'rniga Maurise Steyn tayinlandi. Xenk Ten Katening klubdan ketishiga sabab "Al Vahda"ning ichki chempionatda 3-o'rinni egallagani bo'ldi. Bu jamoa OCHL 1/8 finalida Saudiya Arabistonining "Al Nasr" klubiga qarshi bahs olib boradi.


Evropada yig'in o'tkazayotgan yana bir jamoa bu Qatarning "Al Duhayl" klubi. "Al Duhayl" Portugaliyaning Porto Mayo shahrini tanladi. Malumki, bu jamoa o'tgan mavsumni Qatar Amiri Kubogi finalida "Al Sadd"ni 4:1 hisobida mag'lub etish bilan yakunladi. Rui Faria shogirdlari OCHL navbatdagi bosqichida ham "Al Sadd"ga qarshi bahs olib borishadi. Qizig'i shundaki, bu ikki jamoa 17 avgust kuni yana bir-biriga qarshi, bu safar SHayx Jassim Kubogida maydonga tushadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика